Karantin payti yaşirin saboq olgan 23 nafar öquvçi koronavirusga test topşirdi va uy karantiniga olindi

Karantin payti yaşirin saboq olgan 23 nafar öquvçi koronavirusga test topşirdi va uy karantiniga olindi

Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida ikki nafar öqituvçi karantin paytida 23 nafar öquvçiga yaşirin tarzda tahsil bergani aniqlandi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Mazkur holat tuman huquq-tartibot idoralari hamda viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat boşqarmasi tuman bölimi inspektorlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda maʼlum bölgan.

Viloyatning Şofirkon tumani «qizil» hudud toifasiga kiritilganiga qaramasdan, 48 yoşli Q.A. şu tumanning «Çandir» qişloğida yaşovçi 45 yoşli M.F.ning yaşaş manzilida karantin qoidalarini buzib, noqonuniy tarzda öquvçilarni töplagan holda dars maşğulotlarini ötkazgan.

Tadbir davomida M.F.ning xonadoni közdan keçirilganda, öquv darsliklar, test varaqalari hamda boşqa öquv qurollari mavjudligi aniqlangan.

«Oliy maʼlumotli bölsa-da, heç qayerda işlamaydigan bu fuqarolar karantin qoidalarini buzgan holda tibbiy vositalar bilan himoyalanmagan öquvçilarga fanlardan test tarqatib, uyga vazifa bergan holda ularni tarqatib yubormoqçi bölişganini aytdi. Yoşlarga taʼlim beriş yaxşi, biroq «qizil» hudud hisoblangan manzilda koronavirusga qarşi jiddiy kuraş ketayotgan bir paytda bu fuqarolarning xatti-harakatlari qonunga zid ekanligini unutmasligimiz lozim», — deydi huquq-tartibot idorasi vakili.

Öquvçilarga dars ötib kelgan fuqarolarga huquq va burçlari tuşuntirilgan. 23 nafar öquvçi esa uy karantiniga olingan.

×