Açinarli holat! 33 nafar öquvçi homilador böldi. Ulardan 9 nafari 16 yoşga ham tölmagan

Açinarli holat! 33 nafar öquvçi homilador böldi. Ulardan 9 nafari 16 yoşga ham tölmagan

Şimoliy-Qozoğiston viloyatida 33 nafar öquvçi homilador böldi. Ulardan 9 nafari 16 yoşga ham tölmagan. Bu haqda Sputnik Qozoğiston xabar qildi.

Buturdagi maʼlumotlar darhol tibbiy muassasalardan politsiya bölimiga yuboriladi. U yerda qizlarning şeriklarini javobgarlikka tortiş masalasi hal qilinadi.

Voyaga yetmaganlar bilan işlaş guruhining öta muhim topşiriqlar böyiça katta inspektori Sairan Sarkenovning sözlariga köra, bu yil röyxatga olingan baloğatga yetmaganlarning homilador bölişining barça holatlarida ular şeriklari jinoiy javorgarlikka tortilmagan, çunki ular homilador qizlarga tezda uylanişgan.

Politsiya xodimining sözlariga köra, viloyat maktablarida jinsiy tarbiya böyiça öquv maşğulotlar olib borilmoqda, ota-onalari bilan işlar taşkil etilgan, ammo bunday holatlardan qoçib bölmayapti.

Biroq ötgan yilga nisbatan qizlarning erta homiladorligi bilan boğliq vaziyat biroz yaxşilandi. Ötgan yilning şu davrida 16 yoşgaça bölgan qizlarning homiladorlik holati 14 ta, voyaga yetmaganlarning 39 ta homiladorligi qayd etilgan.

×