Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Foziloviç Idiyev firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berildi. Bu haqda Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi Matbuot xizmatixabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Nodir Idiyev 1972 yilning 26 fevralida Buxoro viloyati Buxoro şahrida tuğilgan. Toşkent şahar Şayxontohur tumani Xurşid köçasi 10 A-uy 36-xonadonda yaşagan.
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Matbuot kotibining maʼlum qilişiça, Nodir Idiyev 2020 yilning yanvar oyidan uşbu universitetning prorektor lavozimida faoliyat yuritgan. 2021 yil iyul oyida mehnat taʼtiliga çiqib ketgan va şu bilan işga qaytib kelmagan.
Ayni vaqtda Nodir Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (köp miqdordagi firibgarlik) va 209-modda “a” bandi (Mansab soxtakorligi, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan jinoiy iş qözğatilgan.
“Uşbu şaxsning yaşiringan joyini aniqlaşda amaliy yordam körsatgan fuqaroning şaxsi sir saqlanadi hamda pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi”, deyiladi xabarda.
Eʼlonda keltirilişiça, sobiq prorektorning qayerdaligini aniqlaganlar quyidagi raqamlarga telefon qilib murojaat qilişlari mumkin:
(65) 222-59-00;
(65) 222-89-50;
(98) 274-93-33
(97) 301-44-41
102









