Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov qarori bilan Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi. Bu haqda Rossiya Milliy aksilterror qömitasi xabar berdi.
Qömita “Ukraina harbiylari va razvedka xizmatlari mamlakatning bir qator mintaqalarida vaziyatni beqarorlaştirişga misli körilmagan urinişlar qilganini” taʼkidladi.
“Ukraina Qurolli kuçlari bölinmalari tomonidan Kursk viloyati hududida amalga oşirilgan terakt oqibatida tinç aholi örtasida qurbonlar böldi, turar-joy binolari va boşqa fuqarolik obʼektlari vayron böldi. Fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş va duşmanning diversiya-razvedka kuçlari tomonidan terrorçilik harakatlari tahdidini bostiriş maqsadida Milliy aksilterror qömitasi raisi, Rossiya FXX direktori Bortnikov Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida 2024 yil 9 avgustdan boşlab aksilterror operatsiyalarini taşkil etişga qaror qildi”, deyiladi qömita xabarida.
Qömita uşbu hududlarda tegişli huquqiy rejim joriy etilganligini va “Terrorizmga qarşi kuraşiş töğrisida” 2006 yil 6 martdagi 35-FZ-sonli Federal qonunining 11-moddasiga muvofiq zarur çoralar va vaqtinçalik çeklovlar qöllanilişini bildirdi.
“Davlat organlari tomonidan fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, huquq-tartibotni saqlaş va obʼektlarning terrorizmga qarşi himoyasini kuçaytirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar körilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ukraina armiyasi 6 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatiga hujum boşlaganidan söng ikki armiya örtasida şiddatli töqnaşuvlar boşlandi. Rossiya tomoni mintaqaga hujum oqibatida 4 kişi halok bölganini va 30 dan ortiq kişi jarohatlanganini rasman tasdiqladi.
Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kursk viloyatidagi vaziyat federal favqulodda holat sifatida tasniflanganini maʼlum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kurskdagi janglar oqibatida Ukraina armiyasi 945 nafar harbiy xizmatçi va 102 ta zirhli texnikani yöqotganini maʼlum qildi.









