Özbekiston Prezidenti “Özbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilişi töğrisida”gi qonunni imzoladi. Hujjat Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan, Senati tomonidan 2020 yil 7 avgustda maʼqullangan.
Qonunga köra, Özbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilişi sohasidagi asosiy printsiplar quyidagilardan iborat:
• Özbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va bölinmasligi;
• qonuniylik;
• maʼmuriy-hududiy birliklardagi davlat boşqaruvining samaradorligi;
• maʼmuriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilişi.
Özbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, şaharlar, şaharçalar, qişloqlar, ovullardan, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasidan iborat.
Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlar, şaharlar, şaharçalar, qişloqlar va ovullardan iborat.
Viloyatlar tumanlardan, şuningdek viloyat va tuman böysunuvidagi şaharlardan, şaharçalar, qişloqlar hamda ovullardan iborat. Viloyat böysunuvidagi şaharlar doirasida ham tumanlar taşkil qilinişi mumkin.
Viloyatlarning maʼmuriy-hududiy çegaralari doirasida respublika böysunuvidagi şaharlar bölişi mumkin.
Toşkent şahri tumanlardan iborat.
Maʼmuriy-hududiy tuziliş masalalari böyiça komissiyalar maʼmuriy-hududiy tuziliş masalalari yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining takliflarini hamda viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar (Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlari va şaharlari) hokimlarining iltimosnomalarini körib çiqiş hamda davlat ekspertizasidan ötkaziş maqsadida taşkil etiladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taşkil etiladigan komissiya tarkibiga Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi rahbarlari kiritiladi.
Körib çiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, komissiyalar tarkibiga davlat hokimiyati organlarining, davlat boşqaruvi organlarining mansabdor şaxslari, şuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham kiritilişi mumkin.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar (Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlari va şaharlari) hokimlari tomonidan taşkil etiladigan komissiyalar tarkibiga körib çiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegişli hududiy bölinmalarining mansabdor şaxslari, şuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari kiritilişi mumkin.
Komissiyalarning işlaş va ularning faoliyatini tugatiş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyatlarni tuziş va tugatiş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga köra Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
• viloyatni tuziş yoki tugatiş zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
• Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
• Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taşkil etilgan komissiya xulosasi;
• viloyat çegaralarining va viloyat tarkibiga hududlari ötkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar çegaralarining kartografik çizmasi hamda viloyat çegaralari çiziğining tavsifi (viloyatni tuziş töğrisidagi taklifga ilova qilinadi);
• tarkibiga tugatilayotgan viloyat hududi ötkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar çegaralarining kartografik çizmasi va maʼmuriy-hududiy birliklar çegaralari çiziğining tavsifi (viloyatni tugatiş töğrisidagi taklifga ilova qilinadi);
• viloyatni tuziş yoki tugatiş bilan boğliq tegişli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalaştiriş manbalari.
Qoraqalpoğiston Respublikasining çegaralari faqat uning roziligi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining qarori asosida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan özgartirilişi mumkin.
Viloyatlarning va Toşkent şahrining çegaralarini özgartiriş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga köra Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oşiriladi.









