Firibgarlik, noqonuniy moliyaviy piramida taşkil etiş va boşqa jinoyatlarda aybdor deb topilib, javobgarlikka tortilgan çinozlik Ahmadjon Tursunboyevdan («Ahmadboy») jabr körgan fuqarolar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritildi.
«Xabar.uz» muxbirining xabar berişiça, bu haqda bugun, 17 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan tadbirda Majburiy ijro byurosi Toşkent viloyati boşqarmasi boşliği örinbosari Bekzod Mengliyev maʼlum qildi.

Unga köra, A.Tursunboyev va boşqalarning jinoyatlariga oid kelib tuşgan ijro hujjatlariga köra, «Ahmadboy işi» doirasida 11 710 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb eʼtirof etilgan. Yetkazilgan zarar miqdori esa 386 mlrd. sömdan köproqni taşkil qiladi.
Ayni paytda mahkumga tegişli 29 ta köçmas mulk va 8 ta avtomobil hatlanib, ularni autsionda sotiş ustida iş olib borilmoqda. Bundan taşqari, dastlabki tergov davrida olib qöyilgan pul mablağlari ham mavjud.
Alohida qayd etildiki, dastlabki tergovda olib qöyilgan pul mablağlari MIB hisob-raqamiga ötkazilişi va mulklar sotilişi hamono zararlarni qoplaş boşlanadi. Jabrlanuvçilarning röyxati şakllantirilgan, tuşgan mablağlar böyiça maxsus elektron dastur yaratilgan bölib, kimning qança haqi borligidan kelib çiqqan holda proportsional taqsimlanib boriladi.
Bundan anglaşiladiki, pul mablağlari jabrlanuvçilarning plastik kartalariga ötkazib beriladi. Plastik kartaga ega bölmagan jabrlanuvçilar nomiga esa (MIB taşabbusi bilan) tegişli bank muassasasidan şunday tölov vositasi tekinga oçib berilmoqda.
Hatlangan mulklar va dastlabki tergov jarayonida olib qöyilgan pul miqdori zararlarni qoplaşga yetadimi?
Bu savol hamon muallaq turibdi.









