Fergana News saytida 2020 yilga kelib Özbekistonning taşqi qarzlari miqdori, qaysi davlatlar va xalqaro moliya taşkilotlaridan qarzdor bölgani haqida tahliliy maqola eʼlon qilindi. Tahlilga asos sifatida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Fuqarolar uçun byudjet loyihasi” olingan.
Sof.uz bu maqolani özbek tilida taqdim etmoqda.
2020 yilga kelib, Özbekistonning Xitoy oldidagi qarzi 3,006 milliard AQŞ dollariga yetadi. Bu raqamlar Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Fuqarolar uçun byudjet loyihasi”da keltirilgan.
Davlatning Xitoy oldidagi taşqi qarzlari 2015 yilning yanvar oyidan 2019 yilning yanvarigaça asta-sekin 1,055 milliarddan 1,964 milliard AQŞ dollariga qadar ösib borgan. Yaʼni, yiliga taxminan 200-300 million AQŞ dollari atrofida qarzdorlik qöşilgan. 2020 yilning boşiga kelib, bir yil uçun 1,042 milliard AQŞ dollari yoki umumiy qarzning 53 foizi qarzdorlik sifatida qöşiladi.
Xitoy Özbekiston iqtisodiyotidagi eng katta investorlardan biri hisoblanadi. 2018 yilda ikki davlat örtasidagi tovar aylanmasi 6,4 milliard AQŞ dollarini taşkil qilgan. Şu yilning avgust oyida Xitoy va Özbekiston ustav fondi 1 milliard dollar bölgan investitsiyaviy fond tuzişdi.
Özbekiston qarzdor bölgan ikkinçi yirik davlat bu – Yaponiya. 2019 yilning 1 yanvar holatiga köra, Özbekiston uşbu davlatdan 1,049 milliard AQŞ dollari qarz bölgan. 2020 yil boşida bu raqamlar 1,831 milliard AQŞ dollariga ösadi.

Özbekiston qarzdor bölgan davlatlar keyingi örinlarda, mos ravişda quyidagiça joylaşgan:
Frantsiya - 27 million AQŞ dollaridan 573,1 million AQŞ dollariga (21 barobar) ösgan;
Janubiy Koreya - 114,1 million AQŞ dollaridan 568,2 million AQŞ dollariga (deyarli 5 barobar) ösgan;
Rossiya - 69,8 million AQŞ dollaridan 120,5 million AQŞ dollariga (deyarli 2 barobar) ösgan;
AQŞ - 28,9 million AQŞ dollaridan 26,7 million AQŞ dollariga kamaygan.
2020 yilning boşida Özbekiston davlat qarzining umumiy summasi 21,3 milliard AQŞ dollari bölişi başorat qilinmoqda. Bundan, 15,3 milliard AQŞ dollari taşqi qarz hisoblanadi va u quyidagiça taqsimlangan:

Xorijiy davlatlardan - 6,7 milliard AQŞ dollari;
Xalqaro moliya institutlaridan - 7,7 milliard AQŞ dollari;
Investorlardan - 1 milliard AQŞ dollari.
Xalqaro moliya institutlari böyiça qarzdorlik esa quyidagiça taqsimlangan:
Osiyo taraqqiyot banki - 3,929 milliard AQŞ dollari;
Jahon banki - 2,795 milliard AQŞ dollari;
Islom taraqqiyot banki - 869,7 million AQŞ dollari.
Davlat makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qoliş uçun 2020 yilda yangi qarzlarni olişga limit örnatmoqçi.
Endi hukumat nomidan yoki uning kafilligi ostida olinadigan qarzlar miqdori 4 milliard AQŞ dollaridan oşib ketmasligi, maqsadli davlat dasturlari uçun jalb qilingan zayomlar miqdori esa 1,5 milliard AQŞ dollaridan oşmasligi kerak. Bu kelasi yil uçun belgilangan limit miqdori.
Avvalroq, xalqaro reyting agentliklarida, Özbekistondagi davlat qarzlarining kamligini (YAIMning 25 foizidan kam) davlatning öz majburiyatlarini bajariş imkoniyatlarini baholaşda ijobiy faktor sifatida körilgan.
2019 yilning mart oyiga kelib Reax Europe xalqaro agentligi mamlakat reytingini milliy va xorijiy valyutalarda “B+”(hukumatning kreditga layoqatligining yetarliça past darajasi) dan “BB-” (hukumatning kreditga layoqatligining yetarli darajasi) ga kötardi. Sentabr oyida esa, Reax Europe agentligi Özbekistonning mustaqil reytingi “BB-” darajada ekanligini tasdiqladi va bu körsatkiç, MDH davlatlari orasida eng past körsatkiçlardan biri ekanligini taʼkidlab ötdi.
Farrux Absattarov tarjimasi









