Bill Geyts dunyoda boyligi böyiça ikkinçi örindagi şaxs emas, deya xabar bermoqda cnn.com. Endilikda uşbu faxriy nom frantsuz milliarderi Bernar Arnoga tegişli.
Haşamatli buyumlar işlab çiqaruvçi LVMH kompaniyasi boş direktori Arno Bloomberg milliarderlar indeksi böyiça Geytsdan özib ketgan. Indeks yetti yil avval paydo bölganidan beri, Geyts ilk marta kuçli ikkilikdan çiqib ketdi.
Indeks maʼlumotlariga köra, Arnoning şaxsiy mablağlari 108 milliard dollarga yaqin. Ötgan yili uning boyligiga 39 milliard dollar qöşilgan. Microsoft (MSFT) asosçisi Geyts esa 107 milliard dollarga egalik qiladi.
Arno LVMH kompaniyasini global haşamat markaziga qurgan. U Louis Vuitton, Christian Dior va Givenchy kabi brendlarni nazorat qiladi.
Yil boşida Arno Parijdagi Notr-Dam soborini qayta tiklaş uçun 200 million yevro (224 million dollar) ajratganida gazetalar boş sarlavhasiga tuşgan edi.
Bloomberg’ga köra, agar xayriya işlari bölmaganida, Geyts birinçi örinni egallagan bölardi. Dasturiy taʼminot dahosi Bill va Melinda Geyts jamğarmasiga 35 milliard dollardan ortiq xayriya qilgan.
Amazon boş direktori Jeff Bezos Bloomberg röyxatida 125 milliard dollarlik körsatkiç bilan birinçi örinni egallagan.









