Bill Geyts Kongressdagi körsatmasida Jeffri Epşteyn uni nikohdan taşqari munosabatlari haqidagi maʼlumotlar orqali bosim ostiga olganini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Microsoft korporatsiyasi asosçilaridan biri Bill Geyts keça, 10 iyun kuni AQŞ Kongressi aʼzolariga bergan körsatmasida jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn bilan hamkorlik qilgan paytda uning jinoyatlari kölamini töliq tuşunmaganini aytgan.
Geyts, şuningdek, Epşteyn tomonidan sodir etilgan biror jinoiy harakatga şaxsan guvoh bölmaganini maʼlum qilgan. Uning aytişiça, Epşteyn nikohdan taşqari munosabatlari haqidagi maʼlumotlardan foydalanib, unga bosim ötkazgan.
Bu munosabatlarning Epşteyn bilan bölgan aloqalarimga heç qanday boğliqligi yöq edi, ammo ular oilam uçun oğir keçdi. Epşteyn mening xiyonatlarim haqidagi maʼlumotlardan, şuningdek, ularga qöşimça qilib tarqatgan köplab yolğonlardan foydalanib, meni u bilan yana hamkorlik qilişga majburlaşga uringan”, degan Geyts öz bayonotida.
Kongress hozirda AQŞ Adliya vazirligining Epşteyn işini qanday yuritganini tekşirmoqda. Milliarderning körsatmalari ayollar va qizlarni oğir ijtimoiy şaroitlardan öz domiga tortib kelgan Epşteyn bilan bölgan aloqalariga bağişlangan.
Qayd etilişiça, Bill Geyts Vakolatlar va davlat islohotlari böyiça Quyi palata qömitasiga yopiq eşiklar ortida körsatma bergan. Qömita Epşteyn va uning şerigi Gisleyn Maksvellga qarşi işlar hamda ular bilan boğliq masalalarda federal darajadagi ehtimoliy boşqaruv xatolarini tekşirmoqda.
Qömita raisi, respublikaçi kongressmen Jeyms Komer mart oyida Geytsga şaxsan kelib körsatma berişni talab qilgani haqida maktub yuborgan. “The New York Times” gazetasining yozişiça, Geyts qömitaning sobiq boş tergovçisi Jeyk Grinbergni öz çiqişiga tayyorgarlik körişi uçun yollagan.
Maʼlumot örnida, Jeffri Epşteyn 2008 yilda Florida ştatidagi fohişalik bilan boğliq jinoyat işi böyiça aybini tan olgan va 13 oy qamoq jazosini ötagan. 2019 yilda federal prokurorlar uni voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilişda ayblagan. Epşteyn bu ayblovlarni rad etgan, ammo öşa yilning özida sud boşlanişidan oldin qamoqxonada öz joniga qasd qilgani rasman maʼlum qilingan.
Joriy yilda AQŞ Adliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan hujjatlarga köra, Geyts va Epşteyn 2008 yildagi qamoq jazosidan keyin bir neça bor uçraşib, milliarderning xayriya faoliyatini kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan. Hujjatlar orasida Geytsning yuzlari yaşirilgan ayollar bilan tuşgan suratlari ham bor. Geyts avval ham Epşteyn bilan munosabatlari faqat xayriya işlari bilan çeklanganini aytgan va u bilan uçraşgani xato bölganini tan olgan.
Geyts jamğarmasi vakili “Reuters” agentligiga fevral oyida ötkazilgan yiğilişda milliarder “öz harakatlari uçun masʼuliyatni zimmasiga olganini” bildirgan.
Geytsning Epşteyn bilan munosabatlari Geyts jamğarmasini ham tekşiruvlar markaziga olib keldi. Jamğarma aprel oyida pedofil moliyaçining taşkilot bilan aloqalarini taşqi audit orqali tekşirişni boşlaganini maʼlum qilgan. Adliya vazirligi yanvar oyida eʼlon qilgan elektron xatlarda Epşteyn va Geyts jamğarmasi xodimlari örtasidagi muloqotlar ham mavjud bölgan.
Quyi palata qömitasining tergovi huquqni muhofaza qiluvçi organlarning tekşiruv va sud işlarini qanday olib borgani, kelişuvlar, Epşteynning ölimi, odam savdosiga qarşi kuraşdagi kamçiliklar, etika bilan boğliq muammolar va hukumat hujjatlarini oşkor qilişdagi keçikişlarni qamrab olgan.
Adliya vazirligi tomonidan millionlab içki hujjatlarning eʼlon qilinişi Epşteynning siyosat, moliya, ilm-fan va biznes sohalaridagi köplab maşhur şaxslar bilan aloqalarini oçib bergan. Ular orasida 1990 va 2000 yillarda Epşteyn bilan yaqin muloqotda bölgan AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham bor.
Aprel oyida Donald Tramp tomonidan lavozimidan ozod qilingan sobiq boş prokuror Pem Bondi mazkur işni yuritiş tarzi uçun qattiq tanqidlarga uçragan. Ayrim tanqidçilar uni Trampni jamoatçilik nazoratidan himoya qilişga uringanlikda ayblagan. Tramp uzoq vaqt davomida mazkur hujjatlarni eʼlon qilişga qarşi çiqqan, ammo keyinçalik Kongress ularni oşkor qilişni talab qiluvçi qonunni köpçilik ovoz bilan qabul qilişidan sal oldin bu qarorga rozilik bildirgandi.









