Namangandagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida hajmi jihatdan Özbekiston musulmonlari idorasidagi Qurʼoni Usmoniydan keyin ikkinçi örinda turadigan Mushafning qölyozma nusxasi saqlanmoqda. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Mazkur qölyozmaning böyi 74, eni 51, qalinligi 12 santimetrni, oğirligi esa 21,5 kilogrammni taşkil etadi. Jami 428 sahifadan iborat, Qurʼondagi barça suralar töliq yozilgan.
Uning Namanganga olib kelinişi bilan boğliq ğaroyib tafsilotlar bor. Bu haqda uning iştirokçilari «Daryo» muxbiriga hikoya qilib berdi.
Eşonxon domlaning xazinasi

Hoşimjon Dölmonov, Namangan viloyatini obodonlaştiriş va farovonligini oşiriş jamoat fondi raisi:
—1994 yili Yoşlar ittifoqi Markaziy qömitasi raisi Alişer Teşaboyev taşabbusi bilan «Amir Temur yurgan yöllar böylab» xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi taşkil etildi. Men u paytda Markaziy qömita mafkura bölimi mudiri bölib işlardim. Ekspeditsiyaga Faxriddin Aşrafxöjayev va men rahbarlik qiladigan böldik. Turğun Fayziyev, Orif Usmon, Aşraf Ahmedov, Malik Murodov, Nasimxon Rahmonov, Qozoqboy Mahmudov, Usmon Qoraboyev, Nodira Raşidova va boşqa olimlar bilan Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistondagi, özimizning Farğona vodiysidagi Amir Temur bilan boğliq makon va maskanlarini örgandik.
1995 yil aprelida yölimiz Qirğizistonning Özgan şahriga tuşdi. Ekspediya aʼzolari bu yerdagi tarixiy obidalardan birini örganayotgan çoğda şu yerga yaqin manzilda istiqomat qiladigan ulamo Eşonxon Oqilovni yöqlab, uylariga ötdim. U kişi bizning eski qadrdon, sinfdoşim Saydulloxon Qodirovning toğalari edi. Maktabda öqib yurgan paytlarimiz taʼtil paytlari döstim bilan uylarida köp mehmon bölgandik. Oxirgi marotaba 1980 yilda, Toşkentga öqişga jönaşimdan oldin körişib, duolarini olgandim.
Xullas, oradan 15 yil ötib, u kişi bilan yana körişdik. Suhbat çoğida özlari katta ulamo bölgan Eşonxon aka tarixiy obidalar va qölyozmalarni tadqiq qilib yurganimizni eşitib, uylarida hajmi nihoyatda katta Qurʼoni karim saqlanişi, bu kitob asli Özbekistondan olib kelingani aytib qoldi. Mushafni közdan keçirib, bebaho xazina qarşisida turganimdan biroz şoşib qoldim. Darrov ekspeditsiya rahbarlaridan biri Faxriddin Aşrafxöjayevni çaqirdim. U kişi ham qölyozmani körib, Eşonxon aka bilan uzoq suhbatlaşdi. Domlaning bu kitobni asl yurtiga qaytariş niyatlari bor ekanligidan xursand böldik. Buning uçun bafurja keliş haqidagi vaʼdalar bilan xayrlaşdik.

Namanganga qaytgandan söng ekspeditsiya safari yakunlari haqida viloyat hokimligida bölib ötgan yiğilişda mufassal axborot berdik. Özganda saqlanayotgan Qurʼoni karim haqida viloyatning öşa paytdagi rahbari Burgutali Rapiğaliyev ham xabardor böldi va bunga astoydil qiziqiş bildirdi. Yiğilişda iştirok etgan viloyat kinolaştiriş boşqarmasi boşliği Kamolxon Muhiddinov esa Mushafni olib kelişga boş-qoş böldi.
«Maşinamizdan nur taralib turgandek tuyulardi»

Kamolxon Muhiddinov, mehnat faxriysi:
—1995 yili viloyat kinolaştiriş boşqarmasi rahbari edim. Öşanda viloyat hokimligida «Amir Temur yurgan yöllar böylab» xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi aʼzolari iştirokida ötgan yiğilişda Özganda saqlanayotgan noyob kitob haqida eşitib, içimga öt tuşdi. Burgutali akaga kitobni özim borib olib kelişimni aytdim.
Şundan keyin köp ötmay haj ziyorati nasib etdi. Muqaddas manzillarda ham Qurʼoni karimni Namanganga olib keliş nasib etişini astoydil söradim. Ziyoratdan qaytgaç kuz oylariga yaqin Özganga otlandik. Men, folklorşunos olim Malik Murodov va hamkasbim Odiljon Möminov. Ketayotgan ança-munça qiyinçiliklarga duç keldik, yöllarda köp töxtatişdi.
Eşonxon domlani topdik. U kişi biz bilan obdon muloqot qildi, xususan, meni uruğ-avlodimni suriştirdi. Keyin közlarida yoş bilan «bu tabarruk kitob asli menga omonat, Namangandan olib kelganman. Buni asl yurtiga qaytiş fursati yetibdi. Faqat Mushafni köz qoraçiğidek asranglar, uni ajib bir ilohiy fayzi bor», dedi. Bu haqda qayta-qayta işontirib, özlarini Namanganga taklif qilib, kitobni qölga kiritdik. Bunga hozirgaça özim ham işonmayman.
Kitobning karomatini qaytişdayoq sezdik. Borişdagi maşaqqatlardan asar ham qolmadi, heç kim töxtatmadi ham, bunga harakat qilganlari ham ortiga qaytib ketaverdi. Maşinamizdan ham xuddi nur taralib turgandek tuyulardi.
Qaytgandan söng kitobni viloyat hokimi Burgutali Rapiğaliyevga körsatdim, u kişi juda mamnun böldi. «Şunça yil saqlagan odamni ham rozi qilişimiz kerak» dedi. Uyda bir muddat turgaç, «Oltin meros» jamğarmasiga topşirdik. Topşiriş marosimiga Eşonxon domlani ham taklif qildik. U kişi özlari kitobni buning uçun ajratilgan maxsus joyga qöyib berdi. U zotga viloyat ahlidan minnatdorlik ramzi sifatida yangi VAZ 2106 maşinasi kaliti topşirilganini eslayman.
Şu muqaddas xazina Özbekistonga qaytarilişiga ozgina bölsa ham hissa qöşganimdan, bu tabarruk kitob hozirda Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi muzeyidagi asosiy eksponatlardan biriga aylanganidan xursandman.
«Bu kitobning egasi siz bölsangiz kerak»

Saydulloxon Qodirov, «Mingbuloq tumangaz» bölimi muhandisi:
— Eşonxon Oqilov toğam böladi. 1929 yilda Özganda tuğilgan, Mir Arab madrasasida tahsil olgan. Diniy idoralarda turli vazifalarda işlagan. Töytepadagi masjidlardan birida imom-xatib bölib işlab yurgan paytlari Çustning Olmos qişloğidan bölgan, dehqonçilik bilan şuğullanadigan bir namozxon u kişiga astoydil ixlos qöyadi. Şu odam «menda bir qadimiy kitob bor, bu kitobning egasi Siz bölsangiz kerak» deydi va Qurʼoni karimni topşiradi. Toğam esa keyinçalik diniy kitoblarga xuruj kuçaygan payti Mushafni Özganga olib ketadi.
U kişi nihoyatda taqvodor, avliyosifat kişi edi. «Mening joyim Makkada, öşa yoqda qolişim kerak» degan gapni köp takrorlardi. Niyatiga yetdi: 2002 yili, uçinçi bor haj ziyoratiga borganda Makkada olamdan ötdi va öşa yerdagi mozorlardan biriga qöyildi.

Bu noyob kitob neça yillik tarixga ega ekanligi haqida turli taxminlar bor. 800 yil, 500 yil degan dalillar keltiriladi. Hazrati Mavlono Xoja Lutfulloh Çustiy xonaqohiga tegişli ekanligi va 1874 yilda köçirib tugatilgani ham qayd etilgan.
Qölyozma 2017 yilgaça «Oltin meros» jamğarmasida saqlandi va öşa yili Namangandagi «Hidoya» örta maxsus islom bilim yurti kutubxonasiga topşirildi. Hozirda esa Çortoqdagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi muzeyida saqlanmoqda.
Uning sahifalaridan biriga eski özbek yozuvida «Men Oqilxöja Said Burhon Qiliç öğli, 1995 yil 6 sentyabr kuni Namangan şahrida abadiy saqlaş uçun Kamolxon akaga va Burgutali hokim janoblariga topşirdim, deb Eşonxon Özgandiy», deya imzo qöyilgan.










