Sönggi 24 soat içida Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10,8 ming kişiga köpayib, 232,2 ming kişini taşkil qilmoqda. Operativ ştabning yangilangan maʼlumotlariga köra, mamlakat uşbu körsatkiç böyiça Ispaniyani ortda qoldirib, dunyoda ikkinçi örinni egalladi.
Ötgan kun davomida Rossiyada yana 10 899 kişi koronavirus bilan kasallangani aniqlandi, mamlakatda epidemiya boşlanganidan beri 232,2 ming kişida COVID-19 aniqlandi, deyiladi tezkor ştab xabarida.
Şu tariqa, Rossiya dunyoda koronavirus bilan kasallaniş holatlari soni böyiça ikkinçi örinni egalladi. Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga köra, faqatgina AQŞda köproq odamda kasallik aniqlandi - 1,3 mln kişi. Uşbu röyxatda Rossiya 227,4 ming kasallik qayd etilgan Ispaniyani ortda qoldirdi. Ammo, bu mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi 12 maydagi holat böyiça koronavirusga oid statistikani hali yangilamadi.
Dunyo böyiça COVID-19 holatlari haqida maʼlumot töplaydigan Worldometers saytiga köra, Rossiya kasallaniş holatlari soni böyiça uçinçi örinda turibdi. Uning maʼlumotiga köra, Ispaniya yuqtirib olganlar soni böyiça Rossiyadan hali ham oldinda: uşbu davlatda 268 ming kişi infektsiyani yuqtirib olgan.
Buyuk Britaniyadagi holatlar soni böyiça rasmiy maʼlumotlar ham 11 may oqşomidan beri yangilanmadi - öşa paytda mamlakatda 223 ming kişi röyxatga olingandi. Italiya Soğliqni saqlaş vazirligi hali 12 may statistikasini taqdim etmadi. Vazirlik maʼlumotlariga köra, 11 may holatiga köra mamlakatda 219,8 ming kasallik haqida maʼlumot bor.
Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga köra, epidemiya boşlanganidan beri 4,1 milliondan ortiq odam COVID-19’ni yuqtirdi, 286,3 ming kişi virus tufayli kelib çiqqan asoratlardan vafot etdi. Qurbonlarning aksariyati AQŞda röyxatga olingan - 80,6 ming kişi, undan keyin Buyuk Britaniya - 32,1 ming kişi va Italiya - 30,7 ming kişi.
Rossiyada oxirgi 24 soat içida koronavirus bilan kasallangan yana 107 bemor vafot etdi. Epidemiya boşlangandan beri mamlakatda jami 2116 kişi hayotdan köz yumdi. Ölganlar soni böyiça Rossiya dunyoda 18-örinda turibdi.
Rossiya hukumati yuqtirganlar sonining köpayişini mamlakatda COVID-19 böyiça köproq testlar ötkaziş boşlangani bilan izohladi. Xususan, Moskvada bitta emas, balki 14ta markaz oçildi, u yerda tahlillar tadqiqoti olib boriladi, deya xabar qildi tezkor ştab. Moskva meri örinbosari Anastasiya Rakovaning sözlariga köra, şaharda kuniga 40 mingga yaqin test ötkazilmoqda.
Ötkazilgan testlar sonining köpayişi yuqtirgan kişilarning köproq aniqlanişiga olib keldi, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin. «Sönggi vaqt biz fuqarolarni testdan ötkazişni köpaytirdik. Aniqlanişning ösişi böyiça dinamika kasallik köpayganini töğridan-töğri körsatmaydi», - deya tuşuntirdi u.
Umuman olganda, 12 may holatiga köra, Rossiyada koronavirus böyiça 5,8 milliondan ortiq test ötkazildi.
manba: Kun.uz









