UFC prezidenti Konor Makgregorga çempionlik jangini vaʼda qildi. U Habib bilan jang qilişi mumkin

UFC prezidenti Konor Makgregorga çempionlik jangini vaʼda qildi. U Habib bilan jang qilişi mumkin

UFS prezidenti Deyna Uayt ikki vazn toifasi sobiq çempioni Konor Makgregorning çempionlik kamari uçun jang qiliş huquqini qölga kiritişi haqida gapirdi.

Foto: UFC

Uaytning sözlariga köra, Makgregor 2020 yilning kuzida ötkazilişi kutilayotgan Habib Nurmagomedov — Jastin Getji jangi ğolibi bilan oktagonga çiqişi mumkin.

«Men dastlab Getji va Habib örtasidagi jangdan zavq olmoqçiman va uning qanday yakunlanişini körmoqçiman. Şundan keyin ğolib va Konorning jangini kutaman», — deydi Uayt.

Şunday qilib agar Nurmagomedov Getjini mağlub etsa, yana Makgregor qarşi oktagonga kötarilişi mumkin. Eslatib ötamiz, 2018 yilning oktyabr oyida Nurmagomedov va Makgregor örtasida jang bölib ötgan. Unda rossiyalik sportçi törtinçi raundda oğritiş usulini qöllab Konorni taslim etgandi. Şundan söng Makgregor bir neça bor revanş jangi ötkaziş istagini bildirgan, ammo Nurmagomedov har safar bu jangning heç kimga qiziq bölmasligini taʼkidlab keladi.

Avvalroq Uayt yarim yarim örta vazn kamariga daʼvogarlik qilgan Konorga çempionlik jangi berilmasligini aytgandi.

×