Ota va ona öğliga sevgan qizini “olib” bermagani uçun vahşiylarça öldirildi

Ota va ona öğliga sevgan qizini “olib” bermagani uçun vahşiylarça öldirildi

2020 yil 25 mayda jinoyat işlari böyiça Andijon viloyat sudining sudlov hayʼati öz binosida oçiq sud majlisini ötkazdi. Unda eşitgan har bir kişini larzaga soluvçi holat — öğilning öz ota-onasining qotiliga aylangani yuzasidan jinoyat işi körildi…

1988 yilda tuğilgan sudlanuvçi 1946 yilda tuğilgan otasi va 1959 yilda tuğilgan onasi bilan yaşab kelgan. Ota-onasi unga yoqtirgan qizini olib bermagani sababli, ular bilan doimiy ravişda özaro janjallaşib kelgan.

Öğil 2019 yil 14 oktyabrda spirtli içimlikdan mast holda uyga kelgan. Ularni qasddan öldiriş maqsadida uyda bölgan ketmon, bolta va bel kurak yoğoç sopi bilan dastlab onasini hayoti uçun muhim hisoblangan boş va yuz sohalariga bir neça marta urib, hayoti uçun xavfli bölgan oğir tan jarohatlar yetkazgan. Şu tariqa, onasini qasddan öldirgan.

Söng ikkinçi guruh nogiron bölgan ojiz axvoldagi otasini yotoqxonasiga kirib, qölidagi ketmon bilan öta şafqatsizlik bilan uning boş va yuz qismiga bir neça marta urib, uni ham qasddan öldirgan.

SUD-TIBBIY EKSPERTIZASINING XULOSASI…

Onaning ölimiga boş miyasi oçik jarohatlanişi, boş ensa, peşona, burun, yuz, yuqori va pastki jağ töqimalari çopilib, sinib, majağlaniş körinişidagi jarohatlari sabab bölgani körsatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida otaning ölimiga boş miyasi oçiq jarohatlanişi, peşona, tepa teri ostiga qon quyilişi, kökrak qafasida yopiq şikast, öng va çap qovurğalarini köplab sinişi, peşonasi, boş tepasi, burni, öng yuzi, öng qoşi, öng yonoği, çap yuzlarida çopilgan körinişdagi jarohatlari sabab bölgani körsatilgan.

 “ÖTA DARAJADA MAST BÖLGANIM SABAB VOQEA TAFSILOTLARINI TÖLIQ ESLAY OLMAYMAN”

Sudlanuvçi öğil sudda aybiga qisman iqror bölib, qilmişidan puşaymonlik bildirgan…

— Dastlab 2014 yilda bir qiz bilan qonuniy nikohdan ötib, oilaviy kelişmovçiliklar sababli 2015 yilda ajraşdik. Keyin 2016 yilda boşqa qiz bilan turmuş qurib, u bilan ham oilaviy kelişmovçiliklar sabab ajraşganmiz. Şundan söng 2018 yil yana boşqa ayol bilan nikohdan ötib turmuş qurdim. U bilan 40 kun yaşaganimdan söng uyiga ketib qoldi. U onasinikiga ketib qolganidan söng akam bilan şaʼriy nikohdan ötib birga yaşaşgani uçun akam bilan aka-uka riştalarini uzib yubordim. Mardikorçilik qilib kelganman, ota-onamning yoşga doir nafaqasiga kun körib kelganmiz. Otam nogiron bölgan, uyda yiqilib tuşib töşakda yotib qolgan. Otamni doimiy ravişda onam parvarişlab kelgan.

2019 yil 14 oktyabrda işga borib, paxsa devor uçun loy tayyorlab, kun davomida işlarni qilib, iş haqi sifatida 200.000 söm oldim. Söng tuman markazi hududidagi spirtli içimliklar sotiladigan savdo dökonga kirib, spirtli içimlik isteʼmol qildim. Öta darajada mast bölib qolib, uyga ketdim. Lekin uyga qanday holatda va qaysi vaqtda borganimni eslay olmayman. Uyga borib, ota-onam bilan biroz janjallaşib, uyning omborxonasidan bolta va ketmon bilan onamni quvlaganimni biroz eslayman.

Şu kuni öta darajada mast bölganim sabab voqea tafsilotlarini töliq eslay olmayman. Şu kuni soat 22:40 larda özimga kelganimda xonamda yotgandim. Örnimdan turib xovliga çiqqanimda, ota-onam yotadigan xona eşik va oynasi singan edi. Onamning jonsiz, yuzi qonga belangan holda yotganini kördim. Onamni kötarib turğizmoqçi bölganimda ölib qolganini bildim. Jasadini anjir daraxti tomonga 4-5 metrlar çamasida sudrab olib borib qöydim. Otam yotgan xonaga kirganimda otamning yuzi ham qonga belanib, öng tomonga yonboşlagan, çap qöli belini ustida turgan holda yotganini kördim. Uni ham öldirib qöyganimni tuşundim. Holatdan qörqib ketib, xonamga kirib egnimdagi oq futbolka va şimimni almaştirib, rafiqamni uyiga ketdim. Turmuş örtoğimga holatni aytganimda, nimaga qöşnilar yoki şifokorlarni çaqirmaganim, Içki işlarga xabar qilmaganimni söradi. Qörqib ketib uning oldiga kelganimni aytdim. Ertalab IIB xodimlari meni olib ketişdi.

Uluğbek KARIMOV, jinoyat işlari böyiça Andijon viloyat sudining sudyasi:

— Sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a,v,j” bandlari bilan aybli deb topildi. Unga JKning 97-moddasi 2-qismi “a, v, j” bandlari bilan 21 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

×