Toşkentda yigit boşqa bir yigitni öldirib, sevgan qizini piçoqladi

Toşkentda yigit boşqa bir yigitni öldirib, sevgan qizini piçoqladi

Xalqimizda “Kör hassasini bir marta yöqotadi” degan maqol bor. Bejiz bu maqolni eslamadik. Hikoya qilmoqçi bölganimiz – muqaddam sudlangan va şartli hukm qöllanilib sinov muddati tayinlangan, keyinçalik sudlanganlik muddati tugallangan yigit yana sud kursisida...

Ötgan davr mobaynida öziga tegişli xulosa çiqarmagan sudlanuvçi yigit bosib ötgan “yöli”dan qayta yurişiga esa oydinlik kiritilmagan munosabatlar sabab böldi. Biroq yakunda sönggi puşaymon öziga duşman bölgan bölsa ajabmas...

U dehqon bozori orqa qismida joylaşgan avtoturargohga kiriş qismidagi yölakçada bir fuqaro bilan dastlab yaxşi munosabatda gaplaşadi. Fuqaro sundalanuvçiga gaplaşib yurgan qizi bilan oila qurolmasligini, uni tinç qöyişini tuşuntirganida rozi böladi. Özaro qöl taşlaşib xayrlaşgan bölsada, bezorilik oqibatida yonida bölgan oşxona piçoği bilan qurollanadi. Fuqaroni qasddan öldiriş maqsadida qölidagi piçoq bilan uning kökrak va qorin qismiga bir neça marotaba urib, uni qasddan öldirgan.

Bundan taşqari, sudlanuvçi tungi soat taxminan 23:00 larda işqiy munosabatda bölgan qizi bilan özaro kelib çiqqan janjal sababli, piçoq bilan uning kökrak qismi, öng yelka va bilak sohalariga bir neça marotaba urib, qasddan soğligining qisqa muddatga buzilişiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazgan.

“YERGA ÖTIRIB, SÖNG YOTIB QOLDIM”

Sudda jabrlanuvçi qiz quyidagilarni bayon qildi...

— U bilan tanişib, işqiy munosabatda bölib kelganmiz. Munosabatlarimiz yaqin bölib ketgani sabab, unga qarz berganman. Voqea sodir bölgan kun u bilan birga edik. Şu bois bozordagi iş joyimga keçki soat 18:00 da keldim va narsalarim sotilmay qolganini kördim. Ertasi kuni viloyatga töyga ketişimiz kerak bölgani bois singillarim ham bozorga kelgandi. Sudlanuvçi tinmay qönğiroq qilavergaç, singlim javob berdi va tinç qöyişini söradi. Yana qönğiroq qilavergaç, özim telefonni kötardim, “uyga ketib qolma, hozir bozorga yetib boraman”, dedi. Singillarim bilan uni kutib turdik. Köçadagi tanişimdan 500 000 söm qarz bölganim sababli, qarzimni qaytarişimni sörab öşa kuni kun davomida bir neça marotaba qönğiroq qilgandi. Şu bois qarz bergan tanişimni keçki payt çaqirdim, maqsad qarzimni berib yuboriş edi.

Taxminan soat 22:00 lar atrofida sudlanuvçi yetib keldi. Singillarim unga çiroyli muomala bilan meni tinç qöyişini aytişdi. Şu vaqt qarz bergan tanişim ham kelib qoldi. Tortişuv bölayotganini körib, u ham aralaşdi. Tanişim sudlanuvçiga “erkak kişimiz, çetroqqa ötib gaplaşaylik”, deya çetroqqa olib ötdi. Men ham ular bilan bordim. Tanişim sudlanuvçiga juda muloyimlik bilan tanbeh berib, meni tinç qöyişini aytdi. Ikkalasi ham oxirida özaro qöl taşaşişdi va ikki tarafga ketdik. Birozdan söng sudlanuvçi “töxta” deb baqirganida orqamga ögirildim. Maşinasidan piçoq olib beliga joylab qöyganini kördim. Sudlanuvçi tanişimning yoniga yugurib keldi va tanişimni öşa yerdagi arça tomonga qarab sudradi. Natijada ikkalasi urişib ketişdi. Sudlanuvçi tanişimning qorniga qölidagi piçoq bilan bir neça marotaba urdi. Uni töxtatiş maqsadida özimni ularning orasiga urdim. Şunda piçoq bilan menga ham bir neçta jarohat yetkazdi. Yerga ötirib, söng yotib qoldim...

Söng IIB xodimlari kelib meni şifoxonaga olib borişdi. Voqea vaqtida sudlanuvçi meni öldiriş bilan qörqitmagan. Sudlanuvçiga nisbatan daʼvom yöq, faqat olgan qarzini undirib berişingizni sörayman.

“QILMIŞIMDAN PUŞAYMONMAN”

Sudda sudlanuvçi aybiga qisman iqrorlik bildirdi...

— Öşa kuni işqiy munosabatda bölgan taniş qizimni bozorga taşlab uyimga ketgandim. Oradan bir soatlar vaqt ötgaç, qizni singlisi qönğiroq qildida, “opamning savdosi qolib ketdi. Opamni tinç qöying”, deya haqorat qildi. Birozdan söng özim qönğiroq qilganimda singlisi yana haqorat qilib, “erkak bölsang kel”, deganidan jaxlim çiqib bordim. Kelayotganimda taniiş qizim qönğiroq qilib, “kelmang, singlim bir neçta bolalarni yiğib qöygan, urdirmoqçi”, dedi. Maşinamdan tuşayotganimda tarvuz-qovun sotganimda işlatadigan oşxona piçoğini şimimga qistirib qöydim. Ularning oldiga borganimda singillari sökinib, baqirib ketişdi. Eʼtibor tortmay, gaplaşib olişni taklif qildim. Biroq, opa-singillar “tinç qöying yoki opam bilan qonuniy nikohdan ötib turmuş quring”, deyişdi. Şu vaqtda yonimizga bir erkak kelib salomlaşib, çetroqqa ötib gaplaşib olişni taklif qildi. Gaplaşib olib, u bilan özaro qöl taşlaşib, ular bilan xayrlaşdim. Şu vaqtda singlisi örtaga qöşilib, “bu yaxşilikni tuşunmaydi, boşqaçasiga tuşuntiriş kerak”, dedi. Boyagi yigit esa meni çetroqqa torib, “ukam, bir-birimizni tuşundig-a? Agar yana bir marta qizni yonida körsam yoki eşitsam, oyoq-qölingni sindirib ketaman...” deya ötmişini xotirladi. Orada yana kelişmovçilik böldi. U ikki qöli bilan kökragimdan itarib yubordi, yiqildim. Örnimdan turib, uning harakatini takrorladim. Yuzimga ikki marotaba muşt tuşirdi. Egilib ortimga qoçib, belimga qistirilgan piçoqni öng qöliga olib, yigitni qorniga urdim. U meni urmoqçi bölganida, qayta-qayta qölimdagi piçoq bilan tanasining turli qismlariga tiqib oldim. Şu vaqtda orqamdan kimdir uşlab olganini sezdim. Qattiq xayojonda bölganim uçun u odamga ham bir-ikki marta piçoq tiqib oldim. Keyin orqamdagi odam taniş qizim ekanini kördim... Qilmişimdan puşaymon.

OZODLIKDAN MAHRUM QILINDI...

Tolibjon Obidov, jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi raisi:

— Sudlanuvçi Jinoyat kodeksi (JK) ning 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismi “l” bandi va 109-moddasi (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan asosiy jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 15 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo umumiy tartibli kaloniyalarda ötattirilişi belgilandi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

×