Kanadaning Markxem şahrida yaşovçi 23 yoşli Menxaz Zamon sirini yaşiriş uçun butun oilasini öldirdi. Bu haqda «RIA» xabar berdi.
Bangladeşdan Kanadaga köçib borgan yigitning ota-onasi u bilan juda faxrlanar edi. Ular öğlining nufuzli universitetda muhandislik böyiça öqiyotganiga va uni porloq kelajak kutayotganiga amin edilar.
Aslida, yigit heç qayerda öqimadi, aksinça, kun böyi kompyuter öyinlaridan boşi çiqmadi. Universitetga ham kira olmadi. Mahalliy kollejga qabul qilingandi, ammo keyinçalik öqiy olmagani uçun haydaldi. Menxaz bu haqda yaqinlariga aytmadi, aksinça, bir neça yillar davomida har kuni uyidan noutbuk bilan çiqib ketar, keçasi qaytib kelardi.
Bitiruv kunidan bir kun oldin Menxaz qarindoşlari heç nimani bilmasliklari uçun ularni yöq qilişga qaror qildi. Kunduzi soat uçlarda otasi va singlisi uyda yöqligidan foydalanib, dam olib yotgan onasini öldirdi. Taxminan bir soatdan keyin buvisini ham biryoqli qildi. Keçqurun işdan qaytgan singlisini, yarim tunda esa otasini öldirdi.
Şundan söng yigit Internetdagi döstlari bilan aloqaga çiqib, butun oilasini öldirganligini aytdi. Ular avvaliga işonişmadi. Biroq u qonli piçoq va murdalar bilan tuşgan selfini yubordi. Onlayn öyindagi şeriklari bu haqda Kanada rasmiylariga xabar berişdi. Faqat ular jinoyatçining nikneymini bilişardi, xolos.
Politsiya ertasi kuni ertalab yigitning joyini aniqlab, uyiga yetib keldi. Öşa paytda Menxaz qarindoşlarining jasadlari bilan birga edi.
Törtta qotillik uçun kanadalikka dastlabki 40 yil içida afv etiş huquqisiz umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Sudda Menxaz oilasini biladigan odamlardan keçirim söradi.









