"Qarz bermagani uçun..." erkak öz ammasi va jiyanini piçoqlab qöydi

"Qarz bermagani uçun..." erkak öz ammasi va jiyanini piçoqlab qöydi

Andijondagi uylarning birida 63 yoşli ayol va uning 18 yoşli jiyaning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar bergandik. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan qöşimça maʼlumot berdi.

Aniqlanişiça, 25 yanvar kuni soat 18:30 larda 30 yoşli erkak ammasining yaşaş uyida kredit qarzdorligini tölaş uçun qarzga pul söragan va ammasidan rad javobini olgan.

Rad javobidan jahli çiqqan erkak pul mablağlarini qölga kiritişni maqsad qilib, ammasi va u bilan yaşovçi jiyani (amakisining qizi) ni xöjalik piçoği bilan qasddan öldirgan.

Şundan söng, u xonadonda bölgan 7 mln söm pulni qölga kiritib, voqea joyidan yaşiringan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvçi şaxs uşlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: Uznews

×