Tailandda rossiyalik opa-ukalar vahşiylarça öldirildi

Tailandda rossiyalik opa-ukalar vahşiylarça öldirildi

Tailandda rossiyalik 22 yoşli Diana Nazimova hamda uning 17 yoşli ukasi Roman Nazimov öldirib ketildi. Qotillikda gumon qilinayotgan ikki şaxs qölga olindi. Bu haqda “Khaosod” xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Diana va Roman joriy yilning 26 iyul kuni tong soat taxminan 04:00 da Pattayya yaqinidagi Xuay Yay hududidagi uyidan Honda rusumli mototsiklda yaqin atrofdagi dökonga yöl olgan. Oradan köp ötmay ular bilan aloqa uzilgan. Bedarak yöqolişidan avval Diana onasiga “Şoşilinç” degan xabar yuborib, kimdir ularni kuzatayotganini yozgan. Şuningdek, uning telefoniga yaqin atrofda nomaʼlum Bluetooth-treker aniqlangani haqida ogohlantiriş kelgan. Şundan söng opa-ukaning telefonlari öçib qolgan.

Onasi ularning qaytib kelmaganidan söng politsiyaga murojaat qilgan. Qidiruv işlariga politsiya, mahalliy aholi va xizmat itlari bilan kinologlar jalb etilgan. Kuzatuv kameralarida rossiyaliklar ortidan yana bir mototsikl harakatlangani aniqlangan. Keyinçalik ularga tegişli Honda mototsiklining ayrim qismlari Çonburi provintsiyasining Banglamung tumanidagi Txung Luang eski qabristoni hududidan kömilgan holda topilgan.

Tergov davomida 43 yoşli Tana (“Pong” laqabli) va 39 yoşli Tongçay (“Txong” laqabli) asosiy gumonlanuvçi sifatida aniqlangan. Ular keça, 31 iyul kuni Sa Kayeo provintsiyasining Vang Sombun tumanida qoçişga uringan vaqtida qölga olingan.

Söroq davomida gumonlanuvçilar rossiyaliklarning mototsiklini öğirlamoqçi bölganini tan olgan. Ularning aytişiça, Diana va Roman qarşilik körsatganidan söng, Roman otib öldirilgan, Diana esa kaltaklanişi oqibatida halok bölgan.

Şundan söng, gumonlanuvçilar jinoyat izlarini yaşiriş maqsadida marhumlarning jasadlarini Çonburi provintsiyasidagi Kxao Çi Çan hududiga kömgan. Mototsikl esa qismlarga ajratilib, alohida kömilgan.Maʼlum qilinişiça, politsiya gumonlanuvçilarni jasadlar yaşirilgan joyga olib borib, tergov harakatlarini davom ettirmoqda.

Şuningdek, Pattayya sudi avvalroq Pong va Txongni tungi öğirlik hamda öğirlangan mulkni yaşirişda gumon qilib, ularni hibsga olişga order bergan. Bundan taşqari, Xoy va Pxang ismli yana ikki şaxs mototsikl qismlarini kömiş va gumonlanuvçilarning qoçişiga yordam bergan bölişi mumkinligi yuzasidan söroq qilinmoqda. Ular esa ayblovlarni rad etib, Pong va Txongni tanimasliklarini bildirgan.


Teglar:
×