Yulduz Usmonova içki işlar xodimlarini haqorat qilgani uçun jazolanmaganiga izoh berildi (video)

Yulduz Usmonova içki işlar xodimlarini haqorat qilgani uçun jazolanmaganiga izoh berildi (video)

Içki işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning içki işlar organlari xodimlarini haqorat qilgani uçun jazolanmagani sababini maʼlum qildi.

«Ayrim hollarda odam öylamasdan, bilmasdan yoki ruhiy zöriqiş orqali şunday maʼlumotlarni berişi mumkin. Keyin bundan özi puşaymon böladi. Xuddi şunday holat bu yerda ham böldi. Yulduz Usmonova öz aybini tan oldi.

‘Şunday ruhiy zöriqiş oqibatida men şu narsalarni qildim. Bu juda men uçun uyatli. Kerak bölsa, men uzr sörayman. Kerak bölsa ota-onalarida uzr sörayman’, dedi.

Javobgarlik masalasiga kelganda, jamiyatda ijtimoiy balansni uşlab turadigan ayrim holatlar bor. Yulduz Usmonovaning şaxsiga keladigan bölsak, u xalq artisti, xalqimizning işonçi, hurmatiga sazovor bölgan inson. Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan köp qöşiqlar aytgan. Bundan taşqari, şu paytda u haqiqatan ham ruhiy zöriqiş taʼsirida bölgani, içki işlar organlari xodimlarining unga nisbatan adovati yöqligini inobatga olib, keçirimlilik, fuqarolarga imkoniyat beriş printsipidan kelib çiqib, unga nisbatan maʼmuriy iş töxtatilgan», — deydi IIV matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov.

https://youtu.be/0VbCqlmO9U0

May oyining boşida Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’da jonli efirga çiqib, içki işlar xodimlarini haqoratlaganidan söng ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining tanqidlari ostida qoldi.

Toşkent şahar IIBB xonandaning qilmişi yuzasidan suriştiruv boşlanganini bildirdi. Yulduz Usmonova esa «heç narsadan xavotir olmayotgani, hamma narsa Ollohdan ekani»ni aytdi. Keyinroq xonandaning işi sudga oşirilgani, biroq xonanda sud majlisiga kelmagani xabar qilindi.

Oliy sud esa iş böyiça hujjatlar sudga kelib tuşmaganini maʼlum qildi. Keyinroq Yulduz Usmonova qilgan işidan puşaymon ekanligini, xatosini böyniga olişini bildirib, içki işlar organlari xodimlaridan keçirim söradi. Şundan söng bu mavzu köpçilikning esidan çiqqan edi.

Biroq «Şördanak» va «Qalpoq» hajviy körsatuvlari ijodkorlari YPX xodimlari haqidagi hazillari uçun uzr söragani aks etgan videolar Içki işlar vazirligi tomonidan tarqatilganidan söng, ijtimoiy tarmoqlarda soha xodimlarini oçiqdan oçiq haqorat qilgan xonanda nima sababdan jazosiz qolgani mavzusi yana kötarildi.

Madaniyat vazirligi hajviyaçilarning YPX xodimlari haqidagi hazillari uçun keçirim söraganiga munosabat bildirib, madaniyat va sanʼat sohasida çeklovlar qöyilsa, u heç qaçon rivojlanmasligini maʼlum qildi.

×