Yulduz Usmonova sudga kelmadi. Sud ötkazilmadi

Yulduz Usmonova sudga kelmadi. Sud ötkazilmadi

Bugun, 5 may soat 14:00 da Maʼmuriy işlar böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning Içki işlar xodimlarini haqorat qilgani böyiça oçilgan iş körib çiqilişi kerak edi. Ammo sud majlisi ötkazilmadi.

Bu haqda "Qalampir.uz" şunday yozadi: "Bunga rasmiylar jöyali izoh bergani ham yöq. Sud majlisida iştirok etiş uçun Maʼmuriy işlar böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudiga borgan va hamon öşa yerda bölib turgan muxbirimizning xabar berişiça, ayblanuvçi Yulduz Usmonova, hatto, kelmagan ham. Uning örniga uyidan turib, Instagram orqali jonli muloqot uyuştirgan. Xonanda jonli muloqot vaqtida şunday degan:

“Sirdaryoga borolmadim. Xayriyalarni administratorlarim orqali jönatdim. Hozir uyimdaman. Sudgaça bölgan suriştiruv işlari ketyapti. Unda borib qatnaşib keldim. 10 kun uydan çiqa olmayman. Şuning uçun Sirdaryoga ham borolmadim".

Içki işlar vazirligi masʼullarining sud bugun soat 14:00 boşlanadi degan gapiga işonib, sud binosi oldiga borgan jurnalistlar esa 4-5 soat davomida taşqarida kutişiga töğri kelgan. Oradan 5 soatga yaqin vaqt ötgaç, IIV masʼullari jurnalistlardan ketişlarini iltimos qilgan.

Maʼlumot uçun, keça, 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonova Içki işlar xodimlarini keskin tanqid qilgani va haqoratlagani aks etgan video tarqaldi.

Içki işlar vazirligi holat böyiça suriştiruv işlari boşlanganini maʼlum qildi. Vazirlik Matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov esa QALAMPIR.UZ bilan suhbatda madaniyat sohasi vakilining bu harakati judayam nomaqbul ekanini aytib, videoni bir körişda Usmonovaning ruhiy salomatligiga şubha qilganini taʼkidladi.

Hozirgaça Madaniyat vazirligi va “Özbekkontsert” davlat muassasasi ham videoga munosabat bildirdi. Ulardan biri xonandaga tanbeh berib çeklangan bölsa, ikkinçisi Usmonovaning axloqi masalasi jamoatçilik kengaşida körib çiqilişini taʼkidladi.

×