Turkmaniston davlat televideniyesi sobiq içki işlar vaziri Iskandar Mulikovning katta miqdorda pora olganiga iqror bölgani va tavba qilgani haqidagi videoni namoyiş etdi. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.
«Men, Iskandar Mulikov, 2009 yildan 2019 yilgaça içki işlar vaziri lavozimida işlagan holda, jinoyatçilikka qarşi kuraş uçun javobgar bölganimga qaramay, oçközligim sababli öz vazifamni suiisteʼmol qildim, pora oldim va uy-joy qildim. Muhtaram boş qömondonimiz iş va yaşaş uçun barça şaroitlarni yaratganiga qaramay, men halol yölni tanlamadim va juda katta miqdorda pora oldim», deya iqror böldi Mulikov.
Bundan taşqari, davlat televideniyesi sobiq içki işlar vaziri hibsga olingani va musodara qilingan millionlab dollar va boşqa boyliklarni namoyiş etdi.









