Jismoniy şaxsning murojaatiga qanday talablar qöyiladi?

Jismoniy şaxsning murojaatiga qanday talablar qöyiladi?

Özbekistonda jismoniy şaxsning murojaatiga bir qator talablar qöyiladi. Bu haqda Harbiy prokuraturaning telegram kanalida xabar berilgan.

Xususan, jismoniy şaxsning murojaati:

- jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi maʼlumotlar körsatilgan bölişi kerak;
- davlat organining, taşkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor şaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) körsatilgan, şuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bölişi kerak;
- murojaat etuvçilarning elektron poçta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari körsatilişi mumkin;
- davlat tilida va boşqa tillarda berilişi mumkin;
- murojaat etuvçi jismoniy şaxsning imzosi yoki murojaat etuvçi yuridik şaxs vakolatli şaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bölişi lozim.

Jismoniy şaxsning yozma murojaatini murojaat etuvçining imzosi bilan tasdiqlaş imkoni bölmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan şaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qöşimça ravişda yozib qöyilişi kerak.

Murojaat etuvçilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovçi hujjatlar ilova qilinadi

×