Özbekistonda yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritilmoqda. Bu haqda hukumatning tegişli qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Loyihaga köra, kelgusida yuridik şaxslar bilan bir qatorda jismoniy şaxslarga ham yengil avtomobillar va mototransport vositalarini 30 kundan ortiq bölmagan muddatga, notarial rasmiylaştiriş va huquqni muhofaza qiluvçi organlarida röyxatdan ötkazişni talab etmaydigan qisqa muddatli ijaraga beriş huquqi taqdim etilişi mumkin.
Buning uçun ijaraga beruvçi va ijaraga oluvçi örtasida tegişli tartiblar yölga qöyiladi.
Jumladan, qisqa muddatli ijaraga berişga möljallangan transport vositalari Transport vazirligi va Içki işlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq maxsus taniqlik belgiga ega bölişi talab qilinadi.
Şuningdek, transport vositasini qisqa muddatli ijaraga olgan şaxslar tomonidan yöl harakati qoidalari buzilganligi töğrisidagi maʼlumotlarning mavjudligini aniqlaş maqsadida ijaraga beruvçiga Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining «Maʼmuriy amaliyot» avtomatlaştirilgan axborot tizimining maʼlumotlaridan foydalaniş imkoniyati taqdim etiladi.
Bundan taşqari şartnoma tuzilguniga qadar ijaraçi butlovçi qismlarning mavjudligini tekşiriş uçun transport vositasini körikdan ötkazişni talab qiliş huquqiga ega. Transport vositasida nuqson yoki nosozliklar aniqlangan taqdirda, ijaraçi uni almaştiriş yoki nosozliklarni bartaraf etişni talab qilişga haqli böladi.









