Hokim blogger murojaatiga "reaktsiya" qildi: Otasiz oilaga uy qurib beriladi

Hokim blogger murojaatiga "reaktsiya" qildi: Otasiz oilaga uy qurib beriladi

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak! Bu ezgu ğoya Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan asos solingan xalq bilan muloqot siyosatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Blogger va jurnalist Oqilxon Dadaboyev masʼul bölgan “Namangan24.uz” sayti (telegram kanali) ham davlatimiz rahbariyatining xalqimiz dardiga quloq tutiş, ertaga emas, bugunidan roziligini taʼminlaş borasidagi siyosatidan ruhlangan holda yurtdoşlarimizdan kelayotgan turli masalalalarga oid murojaatlarni mutasaddilar eʼtiborini qaratgani holda baholiqudrat ijobiy hal etişga intilmoqda.

Xususan, saytimizga keça (7 avgust, çorşanba kuni) Namangan şahri “Uçqun” mahalla fuqarolar yiğini, 4-Soli Adaşev köçasi, 2-uyda istiqomat qiluvçi Dilorom aya Sirojiddinovadan quyidagiça murojaat kelib tuşdi:

“Farzandim Dilmurod Asqarov uzoq davom etgan xastalik sababli yaqinda olamdan ötdi. Yagona öğlimdan menga ikki qiz yodgorlik qoldi. Katta nabiram maktabning 3-sinfini tugatdi. Kenjam olti yoşda. Oilaviy şaroitimiz oğirligi sababli  farzandim salomatligiga alohida eʼtibor bilan qarolmadim. Öğlim uçun devor paxsalardan qurilgan uç xonali uy eskirganligi sababli qulab tuşdi. Qölimiz kaltalik qilib, yangisini tiklay olmadik. Bu masala yuzasidan mahalla fuqarolar yiğini, “Mahalla” jamğarmasiga murojaat qildik, ammo bundan heç qanday naf bermadi. Rahmatli öğlimning saʼy-harakatlari zoye ketdi. Özimiz yaşab turgan uy ham nurab borib, "avariya" holatiga kelib qolgan. Uy-joy quraylik desak, bir yoğda tirikçilik deganday. Yaqinda xonadonimizga viloyat hokimligining Işçi guruhi vakillari kelişib, holimizdan xabar olişdi. Qanday kömak kerakligi bilan qiziqişdi. Ularga buzilgan uyimizni tiklaşda homiy ajratilişiga amaliy yordam berişlarini söradim. Ammo..."

“Namangan24.uz” sayti (telegram kanali) masʼuli ayni şu muammoga yeçim izlaş maqsadida Namangan şahar hokimi, 1-sektor rahbari Şavkatjon Şokirjonoviç Abdurazzoqovga murojaat etdi. Dilorom opaning dardlarini hokimga telegram orqali yetkazildi.

Eʼtiborlisi şundaki, şahar hokimi murojaatimizga tezkorlik bilan munosabat bildirib, bugun soat 16:00da qönğiroq qilişini bildirdi. Aytilgan vaqtda hokimdan qönğiroq böldi, u kişi bilan Dilorom opa istiqomat qilayotgan xonadonga yetib bordik.

Tegişli mutasaddilar hamrohligida kelgan hokim opa bilan dildan muloqotda böldi. Otasidan barvaqt ayrilgan norasida ikki qizaloqni suhbatga tortdi. Ularni çuqur bilim olişga çaqirib, bu borada kömagini ayamasligini aytdi. Eʼtibordan çetda qolgan hovlidagi “manzara”ni közdan keçirganŞavkatjon Abdurazzoqov tegişli quriliş taşkiloti rahbariga qisqa fursat içida bu yerda quriliş işlarini boşlaş va uç xonali uy-joy barpo etiş böyiça topşiriq berdi. Quriliş işlarini borişi öz nazoratida bölişini taʼkidladi.

Töğrisi, keçagi va bugungi kunimdan bağoyatda xursand böldim. Aholining dardini eşitayotgan, şuning asnosida ularga yeçim topayotgan, blogger va jurnalistning murojaatiga befarq bölmagan Namangan şahar hokimiga minnatdorçilik bildirsak arziydi. Dilorom opa, qöni-qöşnilar duoga qöl oçib, mutasaddilarga taşakkurlar izhor qildilar.

Zero, Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek,

Odami ersang demagil odami,

Onikim yöq xalq ğamidin ğami.

misralari Namangan şahar hokimining bugungi iş faoliyatida ustuvorlik kasb etmoqda.

“Namangan24.uz” sayti (telegram kanali) esa fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlarni tegişli mutasaddilarning bevosita amaliy kömagida ijobiy hal qiliş borasidagi saʼy-harakatlarini davom ettiradi.

×