Özbekistonda 7 iyun soat 23:00 dan 8 iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga çaliniş bilan boğliq 109 ta holat qayd etildi.

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi
Yangi kasallaniş holatlari
Yangi kasallaniş holatlarining
- 39 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida;
- 66 nafari aholi orasida (Toşkent şahrida – 54 , Navoiy viloyatida — 5, Toşkent viloyatida – 4, Namangan viloyatida — 3);
- 4 nafari xorijdan kirib kelgan (Toşkent viloyatida — 3, Sirdaryo viloyatida — 1) xalqaro yuk taşuvçi haydovçilar orasida aniqlandi.
«Sariq» hudud maqomini saqlab qolgan Toşkent şahrida hali hamon aholi orasida koronavirus aniqlanişi bilan boğliq holatlar köpligiça qolmoqda. 8 iyun kuni «Örikzor» savdo majmuasi sotuvçisining qarindoşlari va qöşnilarida koronavirus aniqlangan. Şuningdek, «Ravnaq bank»ning Şayxontohur filiali xodimida koronavirus aniqlangaç, bankning barça xodimlari infektsiyaga tekşirilişni boşladi. Bank vaqtinça mijozlarni qabul qilişni töxtatib, öz işini onlayn ravişda davom ettira boşladi.
Namanganda aholi orasida qayd etilgan holatlarning ikkitasi viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlarida aniqlandi. Namanganda 5 iyun kuni ham içki işlar xodimida koronavirus qayd etilgandi.
Koronavirusdan davolaniş
8 iyun davomida 3 nafar fuqaro soğaydi. Şundan 2 nafari Samarqanddagi, 1 nafari Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalaridan soğayib çiqdi.
Maʼlumot örnida, Jizzax, Surxondaryo va Farğona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bölib turibdi. Qoraqalpoğiston (3 nafar bemor), Andijon (4 nafar bemor) va Qaşqadaryo (5 nafar bemor) koronavirusdan xoli hududga aylanişga yaqin turibdi.
Sirdaryo va Toşkent viloyatlaridagi bemorlar esa Toşkent şahrida davolanmoqda. Eng köp bemor hozir aynan Toşkent şahrida (838 kişi) bölib, davolaniş körsatkiçi 63 foizni taşkil etmoqda. Toşkent şahrida bu boradagi körsatkiç bir kun avval 66 foiz, ikki kun avval 70 foiz, uç kun avval 71 foiz edi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4440 nafar bemordan 3357 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 76 foizni taşkil etmoqda. Bir kun avval bu körsatkiç 77 foizni taşkil etgan bölsa, ikki kun avval 79 foiz, uç kun avval 81 foiz bölgandi.
Oxirgi kunlarda yangi kasallaniş holatlari soğayiş holatlaridan köp bölayotgani uçun 28 apreldan buyon birinçi marta şifoxonalarda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 1000 nafardan oşib ketdi. Hozirda 1065 kişi koronavirus infektsiyasidan davolanmoqda.
Ölim holati va ahvoli oğir bemorlar
8 iyun kuni Toşkentda koronavirusga çalingan 76 yoşli erkak vafot etdi. X. ismli fuqaroda 28 may kuni koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan, 31 may kuni bemorning ahvoli oğirlaşib, reanimatsiya bölimiga ötkazilgan. Sunʼiy nafas oldiriş apparatida bölgan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan. U Özbekistonda koronavirusdan vafot etgan 18-bemor böldi. Bemorlarning 10 nafari Toşkent şahrida vafot etgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1065 nafar bemordan 6 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda. Bir sutka avvalgi axborotda ham ahvoli oğir bemorlar 6 nafarni, ahvoli öta oğir bemorlar 2 nafarni taşkil etayotgani xabar berilgandi. Ammo 8 iyun soat 10:00 dagi SSV axborotida 6 nafar oğir va 1 nafar öta oğir ahvoldagi bemorlar haqida maʼlumot berilgan. Oradan bir neça soat ötgaç esa Toşkentda 76 yoşli erkakning koronavirusdan vafot etgani maʼlum qilingandi.
Karantindagilar
Şu kungaça jami 444 715 nafar fuqaro karantinga olingan bölib, ularning 399 413 nafari karantindan çiqarilgan. Bir kun içida karantinga olinganlar soni 3097 nafarga, karantindan çiqarilganlar 3064 nafarga köpaydi.
Hozirda Özbekistonda uy karantinida 23 549 nafar, statsionar karantinda esa 21 753 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.









