Özbekistonda yana 36 kişida koronavirus infektsiyasi aniqlandi

2020 yil 13 iyun soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 4937 (+36) nafarni taşkil etmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, yangi kasallaniş holatlarining 26 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toşkent şahrida (şundan 2 nafari xorijdan kelib, qolgan 6 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib karantinga olingan, 2 nafari esa aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda respublikada 3837 (+79) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar soğaydi.
 
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1081 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda. Ulardan 14 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda.

×