2020 yil 16 sentyabr soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 48 776 (+211) nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 92 nafari Namangan viloyatida, 62 nafari Toşkent şahrida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 10 nafari Qaşqadaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toşkent viloyatida, 3 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida, 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati kötarilganligi hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Şu bilan birga, Sergeli tumanida yaşagan 61 yoşli X.M. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yaşagan 69 yoşli Ş.Ş. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 45 058 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (92 foiz) soğaygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 313 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.









