Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda direktor öqtuvçini piçoqlagani haqida xabar va videolavha tarqaldi. Andijon viloyati IIB uşbu videolavhada aks etgan holatlarni örganib çiqdi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 25 may kuni soat 09:00 larda Paxtaobod tumani “Çorsu” MFYda yaşovçi fuqaro N.Z. özi bilan birga işlab kelayotgan Paxtaobod tumani “Çorboğ” MFY hududida joylaşgan 25-sonli musiqa maktabida direktor lavozimida işlovçi D.I.ning xizmat xonasiga ukasi J.O. va M.U. bilan birga oylik maoşi haqida maʼlumot oliş maqsadida kelib özaro janjallaşib ketişgan. Şu vaqtda D.I. xonasida bölgan xöjalik piçoği bilan N.Z.ning yuzi va tanasiga urib, uning çap yuzi, kökrak qafasi çap yoni va öng qöli kafti içidga zarba bergan. Viloyat IIBning taʼkidlaşiça, natijada N.Z.ga yengil tan jarohati yetgan.
Hodisa joyini közdan keçiriş davomida bir dona xöjalik piçoği daliliy aşyo tariqasida olingan. Mazkur holat Paxtaobod tumani IIB navbatçilik qismining 1-şakl kitobidan 25 may kuni röyxatdan ötgan. Töplangan tergovga qadar tekşiruv hujjatlari hamda sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga asosan 4 iyunda Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmokda.
Qayd etilişiça, yuqorida körsatilgan holatda gumon qilinuvçining harakatlarida qotillikka suikasd qiliş alomatlari bor-yöqligiga tergov harakatlari davomida baho beriladi.









