Qaşqadaryo viloyatida işga kiritib qöyişi evaziga 600 AQŞ dollari pora olgan maktab direktori uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Qarşi şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Ğuzor tumanidagi umumiy örta taʼlim maktabi direktori D.S. fuqaro G.Ş. ni uşbu maktabga ingliz tili fani öqituvçisi sifatida işga kiritişi evaziga 600 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









