Xorazm viloyatida Tuproqqalʼa tumanidagi kanaldan olib çiqilgan Tico’dan 34 yoşli yigitning murdasi topildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.
Xabarga köra, Hazorasp tuman prokurori tomonidan 2020 yil 17 aprel kuni T.Q.ning bedarak yöqolganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hazorasp tumani «Temirçi maskani» MFYda yaşovçi 1986 yilda tuğilgan T.Q. 2020 yil 27 mart kuni, taxminan, soat 10:00 larda otasiga tegişli Tico maşinasida köçaga çiqib ketib, uyga qaytib kelmagan.
Mazkur jinoyat işi böyiça olib borilgan tergov harakatlari davomida töplangan dalillarga köra, T.Q. Tuproqqalʼa tumanidagi Toşsaqa kanalining Çap qirğoq suv inşooti hududida mobil telefonidan foydalangani inobatga olinib, 4 iyun kuni uşbu kanal hududida suv tösilib, olib borilgan qidiruv işlarida fuqaroning jasadi Tico’da böynidan zanjir bilan rul çambaragiga qulflangan holda topilgan.
Murda sud-tibbiy ekspertizasida közdan keçirilganida uning tanasida jarohat izlari aniqlanmagan. T.Q.ning ölimi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.









