Toşkentdagi daraxtdan 19 yoşli yigitning osilgan murdasi topildi

Toşkentdagi daraxtdan 19 yoşli yigitning osilgan murdasi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qimorga mukkasidan ketgan yigit 1XBET’da katta miqdorda pul yutqazib, özini daraxtga osib öldirgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ söroviga asosan Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinişiça, holat Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida yuz bergan. Yaşnobod tumani prokuraturasi tomonidan keça, 3 iyun kuni röyxatga olingan tergovga qadar tekşiriş hujjatlariga köra, joriy yilning 31 may kuni taxminan soat 06:30 da Yaşnobod tumanining M.Riyoziy mahallasi Istiqlol köçasi 1-uy oldida joylaşgan daraxtdan 2006 yilda tuğilgan, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yaşovçi F.Ö. ismli yigitning arqonga osilgan holdagi murdasi topilgan.

Hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan közdan keçirilgan va sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.


×