Joriy yil 27 fevral kuni soat 20:50 larda Yunusobod tumani, Firdavsiy MFY, Injobod köçasi, 61-uyda ijarada yaşab kelgan Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqiç talabalari M.U., R.S., D.Ğ. va Singapur universiteti 2-bosqiç talabasi O.I. hamda “Inxa” universiteti 1-bosqiç talabasi S.X.,lar murdasi nomaʼlum moddadan ötkir zaharlaniş alomatlari bilan topilgan.
Uşbu holat yuzasidan şu kunning özida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga köra, jablanuvçilarning ölimi nomaʼlum moddadan ötkir zaharlaniş natijasida yuz bergan.
Mazkur jinoyat işi tergovi Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan.









