Qibray tumanida sayohat jomadonidan murda topildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi, deb yozmoqda "human.uz".
Xabarga köra, şu yilning 8 avgust kuni keçga yaqin Qibray tumani IIBga «Qodiriya GESlar Kaskadi» unitar korxonasi 11-sonli GESining 2-avankamerasida sayohat çemodaniga inson jasadi tiqib qöyilgani haqida xabar kelib tuşadi.
Hodisa joyi közdan keçirilganda, darhaqiqat, yarim oçiq holatdagi «BIAHao» sayohat çemodani içida soçlariga oq oralagan erkak kişining jasadi borligi maʼlum böladi.
Murdani közdan keçiriş davomida uning badanida tan jarohati va undan qolgan izlar aniqlanmagan. Şimining çöntagidan jami 410 000 söm miqdorda naqd pul topilgan.
Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida murdaning şaxsiga oydinlik kiritilgan: u 1968 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qilib kelgan Ş.A. ekani aniqlandi. (Marhum ilgari Özbekiston Respublikasi Oliy sudida taʼminotçi vazifasida işlagani aytiladi).
Dastlabki maʼlumotlarga köra, Ş.A. şu yilning 7 avgust kuni ertalab uyidan «Gentra» rusumli avtomaşinasida Toşkent şahridagi Respublika Şoşilinç tez tibbiy klinik (sobiq 6-sonli) şifoxonasiga çiqib ketgan.
Mazkur transport vositasini aniqlaş böyiça «Tösib uşlaş» tadbiri eʼlon qilinib, transport vositasi qayerda ekanligini aniqlaş çoralari körilmoqda.
Böstonliq tumani sud tibbiy ekspertiza bölinmasining birlamçi maʼlumotnomasida marhum Ş.A. «böyin aʼzolari tömtoq jism taʼsirida siqilişi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya»dan vafot etgani qayd etilgan.
Ayni paytda holat böyiça Qibray tuman prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyatni foş etiş maqsadida Toşkent viloyat IIBB, Toşkent şahar IIBB hamda tuman IIB xodimlaridan iborat tezkor guruhlar taşkil etilib, tergov hamda tezkor-qidiruv harakatlari amalga oşirilmoqda, deyiladi Boş prokuratura maʼlumotida.









