Qaşqadaryo viloyatida Kapitan Karimov nomi bilan faoliyat yurituvçi bloger Umid Karimov viloyat hokimi Zoir Mirzayev iştirokidagi sayyor qabulda hokimni videoga olgan uçun haqoratlanganini, qarşilikka uçraganini maʼlum qildi.
«Daryo» muxbiri bilan suhbatlaşgan blogerning aytişiça, voqea 2021 yilning 29 may kuni Koson tumanining Şirintepa qişloğida sodir bölgan.
«Sayyor qabulda viloyat hokimi gapirayotgani uçun va atrofdagilarning eʼtiborini tortmaslik maqsadida bir çekkada turib, hokimning gaplarini ‘sʼyomka’ qilayotgan edim. Şunda şaxsi özimga ham keyinçalik oşkor bölgan viloyat hokimligi xodimi qarşilik körsatdi. Meni haqorat qilib, bundan keyin viloyat hokimining sayyor qabullariga bormasligim kerakligini aytdi. Men unga javoban bunday gaplar kerakmasligini, bloger sifatida faoliyat yuritganim uçun şunçaki axborot olayotganimni aytdim. U esa meni yana tilga olib bölmas söz bilan haqoratlab, şaʼnimga tegdi», — deydi bloger.
Umid Karimovning aniqlik kiritişiça, unga qarşilik körsatib haqoratlagan viloyat hokimligi xodimi hokimlikning voyaga yetmaganlar işlari böyiça idoralararo maʼsul kotibi Maşrabbek Qöziboyev bölgan.
«Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovga ham xabar berdim. Ammo hozirça heç qanday ‘reaktsiya’ bölgani yöq», — deydi bloger Kapitan Karimov.
Umid Karimovning aytişiça, hokimlik xodimi bilan tortişuvdan söng uni IIB xodimi ham olib ketişga uringan. Blogerning yoniga kelib, «sʼyomka» qilişi mumkinmasligini aytgan IIB xodimi qabulni TV xodimlari bilan birga tasvirga olayotgan blogerning qölidan tutib, uni çekkaga tortgan. Bloger esa buning sababi bilan qiziqqan. Biroq tayinli javob bölmagan.
«Viloyat hokimligi xodimi bilan bölgan voqeadan keyin oradan heç qança vaqt ötmasdan IIB xodimi kelib, meni olib ketmoqçi böldi. Men buni hokimlik xodimining işi deb öyladim, çunki qabul boşlanganiga ham ança payt bölgan edi. Qolaversa, men tortişuvgaça ham videoga olib yurgandim. Qarşilik yöq edi. Qiziq tomoni IIB xodimi qölimdan uşlab çekkaga tortayotgan paytda hokimlik xodimi menga qarab kulib turgandi», — deydi bloger voqea haqida gapirar ekan.
«Daryo» muxbirining aniqlaşiça, şunga öxşaş holat ötgan ön kun içida viloyatda ikkinçi marotaba takrorlangan. Biroq birinçi marta taqiqga uçragan bloger voqeani unutişga qaror qilgan.









