Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Andijonda 25 may maktab bitiruv kunida, kortej qilib maşinaning oynasidan çiqib sayr qilgan bitiruvçilarga çora körildi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Andijonda 25 may maktab bitiruv kunida, kortej qilib maşinaning oynasidan çiqib sayr qilgan bitiruvçilarga çora körildi

Ijtimoiy tarmoqda 25 may kuni maktab öquvçilari kortej uyuştirib, maşinaning oynasidan çiqib sayr qilganligi zaqidagi tarqalgan video lavha yuzasidan maʼlumot:

Holat joriy yilning 25 may kuni, Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, "Yuqori" MFY hududida sodir bölgan. Uşbu hududda xizmat olib borgan YPX xodimi O.Ortiqov tomonidan jami 5 ta "Lasetti" va 1 ta "Neksiya-3" rusumli avtomobillar töxtatilgan.

Avtomobillar haydovçilariga nisbatan qoidabuzarliklar böyiça tegişli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, transport vositalari jarima maydoniga joylaştirilgan.

Şundan söng, qoidabuzarlik sodir etgan 11-sinf bitiruvçilarining ota-onalari, maktab direktori va sinf rahbarlari örtasida muhokama ötkazilib tegişli çoralar belgilangan.

Barça haydovçilardan belgilangan qoidalarga rioya qilişlarini, ota-onalardan haydovçilik guvohnomasi olmagan farzandlariga avtotransport vositasini boşqarişiga ruxsat bermasliklarini söraymiz deydi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi axborot xizmati sönggi xabarida.

×