Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahri va Muborak tumanida yaşovçi fuqarolar Olim va Odil (barça ismlar özgartirilgan) Telegram orqali tanişib qolgan dehqonobodlik qizlar — Odina va Zarinaning fotoşop qilingan suratini internetda tarqatib yuboriş bilan qörqitib, ulardan pul talab qilgan. Bu haqda «Daryo»ga Dehqonobod tuman IIB boşliği örinbosari Dilşod Mirzayev maʼlum qildi.
«Şahrisabz şahri va Muborak tumanida yaşovçi fuqarolar — Olim va Odillar özlarini oşiq yigitlar sifatida taniştirib, dehqonobodlik tanişlari — Odina va Zarinaning köngliga yöl topadi. Qizlarning rasmini olişni uddalagan ‘oşiqlar’ rasmlarni fotoşopda qayta işlab, qizlarning uyatsiz rasmlarini özlariga qayta yuboradi. Va mazkur rasmlarni internetda tarqatişini aytib, qizlarni qörqitadi. Bu işni qilmaslik evaziga esa pul söraydi», — deydi Dilşod Mirzayev.
Qayd etilişiça, Zarina va Odina tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, mazkur holat haqida xabar beradi. Tuman IIB XPB 1-sonli HTM profilaktika inspektori Xisrav Şamsiyev tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib borgan. Va tez orada gumondorlar — Olim va Odil qölga olingan.
Mazkur işni körib çiqqan Jinoyat işlari böyiça Nişon tuman sudi huquqbuzarlarni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 46-moddasi (şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblab, ularning har biriga 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan. Şuningdek, huquqbuzarlar qamoqda ötirgan har bir sutka uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 15 foizi miqdorida jarima tölaydigan bölgan.









