Özbekistonda ayrim boj stavkalari kamaytirilmoqda

Özbekistonda ayrim boj stavkalari kamaytirilmoqda

Özbekistonda davlat boji stavkalari miqdorlarini unifikatsiya, optimizatsiya qiliş va kamaytiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan  “Davlat boji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagilar belgilanmoqda:

birinçidan, notarial harakatlarni amalga oşirganlik uçun davlat bojini undirişda yoki davlat bojini tölaşdan ozod qilişda ayrim tuşunmovçiliklar kelib çiqmoqda.

Uşbu loyiha bilan davlat bojidan ozod qiliş, davlat bojini undirişning öziga xos xususiyatlariga aniqlaştiruvçi özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda;

ikkinçidan, notarial harakatlarni amalga oşirganlik uçun undiriladigan ayrim tölovlar miqdorining differensial tarzda hisoblab çiqariş tartibi ularni undirişda tafovutlar kelib çiqişiga sabab bölmoqda.

Xususan, notariuslar tomonidan davlat boji undirişda va bu borada imtiyoz qöllaşda fuqarolar uçun şaffoflik taʼminlanmayapti.

Mazkur loyiha bilan notarial harakatlarni amalga oşirganlik uçun belgilangan bir qator davlat boji miqdorlarining stavkalari optimallaştirilmoqda.

Masalan, avtomototransport vositalarini boşqa şaxsga ötkaziş avtotransport uçun 810 ming söm (3 BHM) miqdorida belgilanmoqda. Amaliyotda bu yili va ot kuçiga qarab 2,7 mln sömgaça borar edi.

Köçmas mol-mulkni boşqa şaxsga ötkazişni rasmiylaştiriş Toşkent, Nukus va viloyat markazlarida 405 ming söm (1,5 BHM) miqdorida belgilaş közda tutilmoqda.

Şuningdek, qonun bilan ayrim harakatlarni amalga oşirganlik uçun davlat boji tölaşdan ozod qiliş asoslari belgilab beriladi.

Muhokama 16 dekabrga qadar davom etadi.

×