AOKA ştabiga kelib tuşgan savolga Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva javob berdi:
— Yurtimizda karantin eʼlon qilingandan söng töy va boşqa marosimlarni ötkaziş taqiqlanganidan xabardormiz. Ammo yaqinda 30 kişilik töy qilişga ruxsat berilgani haqida eşitdim. Şu haqida töliq maʼlumot bersangiz. Bu töyda xizmat qiluvçi xonandalar ham 30 kişilik tarkibga kiritiladimi?
— Respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra, 2020 yil 1 iyundan boşlab "yaşil" hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan holda ötkazilişi majburiydir.
Belgilangan 30 kişilik tarkibga birinçi navbatda, oilaviy tantana va töy egalari, maʼraka va marosim taşkil etuvçilar, ularning yaqin qarindoşlari, qöni-qöşnilarning kam sonli vakillari kiritiladi. Şuningdek, oilaviy tantana va töy egalarining istaklariga köra, iştirokçilar sonidagi çeklov doirasida xonanda va boşqa xizmatlarni bajaruvçi xodim qatnaşişi mumkin.
Oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişda quyidagilarga qatʼiy amal qiliş talab etiladi:
- oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan “yaşil” toifadagi hududlarda ötkaziş (dafn marosimlari bundan mustasno);
- “yaşil” toifadagi hududlarda ötkaziladigan oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarda iştirokçi etuvçilar sonini 30 kişidan oşirmaslik;
- Oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etiş.









