Pandemiya şaroitida Mustaqillik bayrami tadbirlarini ötkaziş tartibi belgilandi

Pandemiya şaroitida Mustaqillik bayrami tadbirlarini ötkaziş tartibi belgilandi

Özbekiston mustaqilligining öttiz yillik bayrami tadbirlarini kötarinki ruxda ötkaziş maqsadida Koraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida oçiq maydonlarda sayillar, kontsert tomoşalari va köngil oçar dasturlarni taşkil etiş borasidagi tegişli taşkilotlar tomonidan berilgan takliflar maʼqullandi.

Koronavirus bilan kasallaniş körsatkiçlari nisbatan barqarorlaşayotganini inobatga olib Respublika maxsus komissiyasi şunday qarorga kelgan. 

Mustaqillikning öttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada ötkazişni taʼminlaşga masʼullar tomonidan bayram tadbirlariga taşrif buyuruvçilarni niqob taqişlari, ijtimoiy masofani saqlaşlari, şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etiş ustidan nazoratini kuçaytirişni taʼminlaş şartligi belgilandi.

Şu örinda Soğliqni saqlaş vazirligi bayram tadbirlari ötkaziladigan maydonlarda, şuningdek, taşkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, köngiloçar muassasalarda niqobda böliş, ijtimoiy masofani saqlaş, tana haroratini ölçaş amaliyotlariga rioya etilişini söragan. 

×