Buxoro viloyatining Olot tumanida qiz uzatdi töy marosimini ötkazib, unga 150 kişini taklif qilgan fukaro jarimaga tortildi. Bu haqda “Özbekiston24” telekanalida xabar qilindi.
Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 15 martidan töylar ötkazişga ruxsat berildi. Bunda töy marosimlari fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan oşmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga töliq rioya qilgan holda ötkazilişi belgilandi.
Kuni keça Buxoro viloyati Olot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan örganişlar jarayonida tumandagi xonadonlarning birida qiz uzatdi töy marosimida 150 kişi iştirok etgani aniqlangan.
Olot tumani IIB profilaktika inspektori Qandiyor Röziyevning aytişiça, bu bilan fuqaro amaldagi karantin talablarini buzib, kasallikni aholi orasida tarqalişiga şaroit yaratib bergan.
“Ertalab oila boşliqlaridan töyni karantin normalariga monand ötkaziş böyiça tilxat olingan. Keçki payt borib tekşirganimizda töyxonada 150 nafardan ortiq fuqaro bölganligi sababli maʼmuriy bayonnoma tuzildi”, deydi inspektor.
Huquqbuzar fuqaroga nisbatan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi qonuning aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisidagi qonun 39-moddasi – hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlik moddasi va Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi – epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş moddasi ikkinçi qismiga asosan bayonnoma rasmiylaştirilib, unga şu modda bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari yaʼni 4 million 460 ming söm jarima jazosi tayinlangan.









