Özbekistondagi viloyatlardan birida (Xorazm viloyati ekani aytilmoqda) Oilaviy mehribonlik uyi rahbari öz vasiyligidagi 3 nafar qizni tanlab oldi va 10 oy davomida (2021 yil may – 2022 yil fevral) moddiy rağbat evaziga turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilişga majburlagan. Bu haqda Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.
2021 yil may oyi boşida mehribonlik uyi rahbari öşa paytda hali 16 yoşga tölmagan qizni tanlab, tanişlaridan biri bilan jinsiy aloqaga kirişga majbur qilgan. Qiz bunga qarşilik qilişiga qaramasdan, mudira öqlov bilan barça bolalarning köz öngida qizning kiçik ukasini kaltaklay boşlagan. Qizning irodasini sindirib, mudira keyinçalik uni özi aytgan erkaklar bilan yotişga majbur qilib kelgan.
Viloyat adliya boşqarmasi boşliği mudiraning muammolarini hal qilişda öz vakolatlarini işga solişga vaʼda berib, 2021 yil aprel oyida unga xayriya sifatida printer sovğa qiladi (qurilma viloyat adliya boşqarmasi balansida bölgan, işlatilgan, keyinçalik yaroqsiz holga kelgan). Bunday “xayriya”dan bir neça hafta ötgaç, erkak mehribonlik uyi rahbaridan unga jinsiy ehtiyojlarini qondiriş uçun qiz berişni talab qiladi. Şunda mudira 17 yoşli yetim qizni tanlaydi va uni oç qoldirib, taşqariga çiqişini taʼqiqlab boşqa bolalardan ajratib qöyadi.
Keyin mudira viloyat adliya boşqarmasi boşliği unga 250 ming sömlik sport oyoq kiyimi olib bergani uçun u bilan jinsiy aloqa qilişga majbur ekanligini aytadi. Erkak qiz bilan jinsiy aloqada bölişi uçun Adliya boşqarmasi tomonidan viloyat adliya boşqarmasi xodimlariga ajratilgan xonadondan foydalangan.
Oradan bir oy ötib, 2021 yil iyun oyida u yana mudiradan qiz talab qilib, 15 yoşli qiz bilan ham şu xonadonda jinsiy aloqa qiladi. Uzoq vaqt ötmasdan öşa kvartiraga yana bir “qurbon” olib kelinadi, u ham jinsiy aloqa qilişga majburlanadi – bu 16 yoşli maktab öquvçisi edi. Voqealar qayta-qayta takrorlanib, ön oy davomida viloyat adliya boşqarmasining xizmat xonadoni jinsiy aloqa maydoni sifatida xizmat qiladi.
Favqulodda vaziyatlar bölimining tuman bölimi boşliği ham avvalgi amaldordan qolişmay, Mehribonlik uyi rahbariga uning muammolarini hal qilişda yordam berişini aytadi. May oyi boşida homiylik sifatida bolalar uçun divan, şkaf, oşxona stoli sovğa qiladi va bolalarga turli şirinliklar olib keladi. Buning evaziga 2021 yil iyun oyi boşida u ham jinsiy aloqa qiliş uçun qiz talab qilib, mehribonlik uyi yotoqxonasida yuqorida tilga olingan 17 yoşli yetim qiz bilan jinsiy aloqada böladi. Iyun oyining oxirida u mehribonlik uyi rahbariga 200 ming söm berib, yana şu qiz bilan birga böladi. Keyin esa mehribonlik uyiga oziq-ovqat va içimliklar olib keladi va buning evaziga 15 yoşli qizni jinsiy aloqa qilişga majburlaydi. Qizlar u bilan bir neça bor jinsiy aloqa qilişga majbur bölişadi.
“Biz bu qizlar bilan kim va qay tarzda jinsiy aloqa qilganini tasvirlamaymiz, ular voyaga yetmaganligi va qaram holatda ekanligidan umuman xijolat tortişmagan, yaʼni qizlar jinsiy aloqaga rozi emasligini bildira olmagan. Amaldorlar ğamxörlik qilişi kerak bölgan voyaga yetmagan qizlar butunlay himoyasiz qoldi. Rahbar aloqalari va vakolatlari bölgan amaldorlar bilan “yotiş”ga majbur qilsa, ular kimga ham şikoyat qilişi mumkin? Bu qizlar içki işlar yoki prokuraturaga borsa, kim ularni eşitardi? Qizlarning ruhiyati buzildi, ularga davlat hiyonat qildi, ular göyoki buyumday sotildi. Albatta, sud jarayonida barça ayblanuvçilar qizlar buni öz ixtiyori bilan qilgani, ularni heç kim majburlamaganini aytişdi. Bu qizlarning tanlaş erkinligi bormidi, degan savolni heç kim öziga bermadi…”, deb yozgan manba.
2022 yilning sentyabr oyida birinçi instantsiya sudi ularni quyidagi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topgan:
Mahalliy oilaviy bolalar mehribonlik uyi mudirasi Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismi “a” bandi, 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Sud unga 5 (beş) yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.
Viloyat adliya boşqarmasi boşliği va favqulodda vaziyatlar böyiça tuman boşqarma boşliği Jinoyat kodeksining 128-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Ularning har ikkisiga 1,5 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi: bu vaqt davomida ularga 22:00 dan 06:00 gaça uydan çiqiş taqiqlanadi. Şuningdek, probatsiya organlarini ogohlantirmasdan yaşaş joyini özgartirişlari va yaşaş tumani çegaralarini tark etişi taqiqlanadi.
2022 yilning dekabr oyida apellyatsiya instantsiyasi sudi sud qarorini özgartirişsiz qoldirdi.
“Mansabdor şaxslarga qonunga muvofiq bir yarim yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Yuqorida tasvirlangan holatda ularga nisbatan yetarli jazomi? Afsuski, hatto idoralar xodimlari orasida ham özlari buzuq bölgan voyaga yetmagan qizlar borligiga işonadiganlari bor, qizlar erkaklarga osilib, jinsiy aloqa qilişni xohlaşarmiş. Heç kim sabablar haqida öylaşni xohlamaydi”, deb yozgan
Manba: Qalampir uz









