Öz jiyani bilan bir yarim yil davomida jinsiy aloqada bölişga uringan erkak uşlandi

Öz jiyani bilan bir yarim yil davomida jinsiy aloqada bölişga uringan erkak uşlandi

Samarqand viloyatida 45 yoşli erkak salkam 1,5 yil davomida 10 yoşli jiyaniga uyatsiz xatti-harakatlar qilgani maʼlum böldi. Bu haqda “Sukut saqlama” (”Ne molçi”) loyihasi xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, Samarqand viloyati tumanlaridan birida 2013 yilda tuğilgan qiz 2022 yilning fevral oyidan 2023 yilning iyun oyigaça öz toğasi tomonidan zöravonlikka uçragan. Dastlabki tergov hujjatlariga köra, 1978 yilda tuğilgan N.T. qizga zörlik işlatgan va qörqitib kelgan. Unga yalanğoç holatda jinsiy aʼzolarini körsatib, uni ham yeçintirib jinsiy aloqa qilişga undagan.

Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi (Ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Unga köra, 5 yildan 8 yilgaça qamoq jazosi közda tutilgan. Ayni paytda erkak hibsga olingan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 20 iyul kuni Farğona viloyati Farğona şahrida 11 yaşar qiz zörlab, öldirib ketilgandi. 


×