DXX xodimlarining prokuratura va içki işlar organlari vakillari bilan Qarşi şahrida ötkazgan tezkor tadbiri davomida fuqaro O. Furqat firibgarlik bilan Nişon tumani içki işlar bölimi profilaktika inspektoridan 200 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida uşlandi.
Aniqlanişiça, O. Furqat profilaktika inspektoriga qönğiroq qilib, özini DXX xodimi deya taniştiradi va unga nisbatan 2 ta holat böyiça videoyozuv borligini aytib, agarda 200 AQŞ dollari bersa, göyoki uning noqonuniy xatti-harakatlari aks etgan tasvirlanganlar bilan boğliq muammoni hal qilib berişini bildiradi.
Tezkor tadbir davomida Kitob tumanida tuğilgan O. Furqat yonidan DXX Çegara qöşinlarining qalbaki guvohnomasi va bir neçta fuqarolarning pasport nusxalari hamda fotosuratlari topildi. Şuningdek, u vaqtinçalik yaşab kelgan Nişon tumani «Uluğbek» MFYdagi uydan leytenant unvonidagi DXXning harbiy kiyimi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Taʼkidlaş lozimki, mazkur şaxs muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyat sodir etganligi uçun unga nisbatan içki işlar organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilib, qidiruv eʼlon qilingan.
Hozirda tergov harakatlari doirasida qalbaki guvohnomani kim tayyorlab bergani va undan jabr körgan yana boşqa fuqarolarni ham aniqlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Soxta DXX xodimi IIB profilaktika inspektorini çuv tuşirmoqçi böldi. Biroq...









