«UzAuto Motors» maşinalar narxlarini tuşirmoqçi emas

«UzAuto Motors» maşinalar narxlarini tuşirmoqçi emas

“UzAuto Motors” avtomaşinalar narxini tuşuriş böyiça bir qarorga keldi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonot bilan çiqdi.

“2020 yil 19 avgust kuni, Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasida “UzAuto Motors”ga nisbatan Özbekiston Respublikasining “Raqobat töğrisi”dagi Qonuni buzilişi belgilariga nisabatan oçilgan iş böyiça navbatdagi tinglov ötkazildi.

Bahsli masalalarni asoslaş uçun zarur qöşimça materiallarni tayyorlaşga muddat qisqa ekanligi tufayli, “UzAuto Motors” AJ tomonidan iş körib çiqilişi keyinroqqa qoldirilişi (2005 yil 12 oktyabrdagi 225- sonli VMQga muvofiq)ni sörab iltimosnoma yöllangandi. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan iş bir taraflama körib çiqildi, uning yakunida notöliq maʼlumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi.

Qayd etiş örinliki, avtomobillarni işlab çiqariş murakkab jarayon bölib, uni örganiş yetarliça vaqt talab etadi. “UzAuto Motors” faoliyatini yanada çuqurroq va asosliroq örganiş kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin böladi – kompaniya özining uşbu huquqidan foydalanişni rejalaştirgan.

Şuni ham qayd etiş örinliki, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi qoşidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib çiqib belgilanadi.

Öz navbatida, kompaniya avtomobillar narx asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytiriş imkonsizligini maʼlum qiladi”, – deyiladi bayonotda.

×