Öquvçi maşinada YPX inspektorini urib yuborib, umriga zomin böldi

Öquvçi maşinada YPX inspektorini urib yuborib, umriga zomin böldi

Navoiy viloyatining Navoiy şahrida yöl-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov xizmat olib borayotgan vaqtida maşina urib ketişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi matbuot kotibi Fayozjon Qosimov maʼlum qildi.

YTH keça, 19 yanvar kuni tungi soat 1:45 da sodir bölgan. YHXB inspektori Navoiy şahrining Islom Karimov köçasida olib borayotgan xizmati vaqtida davlat raqamisiz, yöl harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet maşinasining haydovçisiga töxtaş işorasini qilgan. Haydovçi esa işoraga böysunmasdan yöl harakati qoidasini buzgan holda qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan hamda inspektorni urib yuborgan. Söngra voqea joyidan qoçib ketgan. Yöl-patrul xizmati inspektori esa voqea joyida vafot etgan.

Maʼlum qilinişiça, maşina boşqaruvida Navoiy şahridagi 8-umumtaʼlim maktabining 10-sinf öquvçisi, 2008 yilda tuğilgan S.M. bölgan. Bolaning otasiga tegişli bölgan uşbu avtomobil olib borilgan tezkor suriştiruv harakatlari davomida yaşirib qöyilgan joyidan topilgan va jarima maydoniga joylaştirilgan.

Maʼlumot uçun, YHXB inspektori marhum Jasurjon Muhammadov 1993 yilda tuğilgan, oilali, 2 nafar bolaning otasi.

“Sönggi paytlarda haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan, hali transport vositasini boşqariş uçun tegişli ruxsatnomalari mavjud bölmagan bolalar tomonidan köplab ana şunday mudhiş yöl-transport hodisalari sodir etilmoqda. Oqibatda qançadan-qança odamlar qurbon bölyapti. Şu örinda ota-onalardan farzandlariga eʼtiborli bölişlarini, ularga transport vositasini boşqarişni işonib topşirmasliklarini sörab qolamiz”, deydi  IIB matbuot kotibi.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur YTH yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda.


Teglar:
×