Olmaliqda 30 kişidan oşmagan holda töylar ötkaziş boşlandi. Bu haqda respublika, viloyat va Olmaliq şahridagi yangiliklar, tadbirlar, eʼlonlar va boşqa xabarlar eʼlon qilinuvçi Telegram kanalda maʼlum qilindi.
«Mavjud vaziyatni yoşlarimiz ham töğri qabul qilib, karantinga rioya qilgan holda nikohdan ötişmoqda», — deyiladi xabarda.

Foto: Telegram / «Olmaliq hayoti»
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida 23 martdan boşlab töy-marosimlarning ötkazilişi bekor qilingan edi. Respublika maxsus komissiyasining 30 maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi va «yaşil» hududlarga oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişga ruxsat berildi.
Bunda oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan (faqat yaqin qarindoşlar va uşbu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda ötkazişga ruxsat beriladi.
Öz navbatida karantin davrida oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişning belgilangan talablarini buzgan şaxslar epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.









