Xitoydagi Özbekiston elçixonasi yordamida Özbekistonga Zhifei kompaniyasi tomonidan 6000 dona sinov vaktsinasi (50% haqiqiy vaktsina, 50 % platsebo), 12 ming dona PZR testlar, 8 ming dona antitanalarni aniqlovçi testlar hamda barça işlatiladigan yordamçi materiallar (şprits, niqob, közoynak, krioprobirkalar, homiladorlik testlari) olib kelindi.
Klinik sinovlarni ötkaziş uçun jami 5 ming nafar köngillilar tanlab olindi. Jarayonning etik jihatlarini eʼtiborga olgan holda köngillilarning şaxsi oşkor qilinmasligiga kelişildi.
Öz navbatida, Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasining 8 nafar mutaxassislari Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi hamda Soğliqni saqlaş vazirligidagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan birgalikda sinov ötkaziladigan poliklinikalari vraç va hamşiralari uçun vaktsinatsiya tadbirlarini amalga oşiriş böyiça treninglar ötkazdilar.
Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasining Özbekistonda III faza sinovlaridan ötayotgan vaktsinasi hisoblanadi.
Uşbu vaktsina I va II faza klinik sinovlarda nisbatan yuqori xavfsizlik profiliga egaligini namoyon etdi. Innovatsion rivojlaniş vazirligi rahbariyatining 20 ta köngilli oila aʼzolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaktsina bilan birinçi dozada emlandi.









