Özbekistonda dori moddalarini davlat röyxatidan ötkaziş bekor qilinadi

Özbekistonda dori moddalarini davlat röyxatidan ötkaziş bekor qilinadi

Özbekistonda dori moddalarini davlat röyxatidan ötkaziş bekor qilinadi. Senatning ellik birinçi yalpi majlisida qonun muhokama qilinib, maʼqullangandi.

Özbekistonda tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga ruxsat etilgan dori vositalari töğrisidagi xabardorlik darajasi oşiriladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Senatning ellik birinçi yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun muhokama qilinib, maʼqullangandi. Dori vositalarini işlab çiqaruvçilarga qöşimça şart-şaroitlar yaratiş maqsadida mazkur qonun bilan «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida»gi qonunga dori moddalarini (substantsiyalarni) davlat röyxatidan ötkaziş tartibining bekor qilinişini nazarda tutuvçi özgartiriş kiritilmoqda.

Şu bilan birga «Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida»gi hamda «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida»gi qonunlarga dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiş tartibini tasdiqlaş vakolatini Soğliqni saqlaş vazirligi zimmasiga yuklovçi, şuningdek, retseptsiz yoki şifokor retsepti böyiça beriladigan dori vositalari töğrisidagi axborotni ularning tibbiyotda qöllanilişiga doir yöriqnomalarda hamda tibbiy amaliyotda qöllanilişiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat reyestrida körsatiş talabini joriy etuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.

Bundan taşqari, import örnini bosuvçi kimyoviy mahsulotlarni işlab çiqariş hajmini kengaytiriş maqsadida «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar töğrisida»gi qonunga yuridik şaxslarga IV röyxat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni tegişli litsenziyalarga asosan işlab çiqariş va tayyorlaş huquqini beruvçi özgartiriş kiritilmoqda.

Senatorlarning taʼkidlaşiça, qonun aholining va tadbirkorlik subʼektlarining tibbiy amaliyotda qöllanilişiga ruxsat etilgan dori vositalari töğrisidagi xabardorlik darajasini oşirişga, şuningdek, investorlarni jalb etiş uçun şart-şaroitlar yaratişga hamda kimyoviy mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytirişga xizmat qiladi.

«Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi», — deyiladi xabarda.


×