Bugungi kunda Özbekistonda 45 mingdan ortiq şaxs OIV kasalligi bilan yaşab kelmoqda. Bu haqda bugun, 2 fevral kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Respublika OITSga qarşi kuraş markazi direktori örinbosari Gulifor Normuratova maʼlum qildi.
Taʼkidlanişiça, ötgan yilda OIV infektsiyasi tekşiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga ortgan. Bu 5 barobarga köp deganidir.
Şuningdek, ötgan yil davomida hukumat tomonidan dori vositalarini moliyalaştiriş 80 foizni taşkil etib, Xalqaro taşkilotlar tomonidan 20 foiz holatda dorilarni Respublikaga olib kirilişi hamda kasallik aniqlanişi bilanoq barça bemorlarga dori vositalarini berib boriş yölga qöyilgan.
“Bu kasallik tuzalmas dard bölib, şu infektsiyaga çalingan bemorlar umrining oxirigaça virusga qarşi dori preparatlarini qabul qilib yurişlari zarur”, deya taʼkidlagan OITSga qarşi kuraş markazi direktori örinbosari.









