Saudiya Arabistonida koronavirus sabab yopilgan barça masjidlar qayta oçilişiga ruxsat berildi. Bu haqda qirollik davlat axborot agentligi SPA xabar qildi.
Namozxonlarga koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun qatʼiy qoidalarga rioya qiliş buyurildi. Hukumat odamlardan qatorlar orasida ikki metr masofada turişini, niqob kiyişini va özlarining joynamozlaridan foydalanişni söradi.
Mahalliy hokimiyat masjidlar içidagi barça buyumlarni, şu jumladan, Qurʼon va lavhlarni sterilizatsiya qildi. Namoz paytida eşik va derazalarni oçişda va ibodat qiluvçilarning masjidlarga kiriş joylarida ham ehtiyot çoralari körildi.
Masjidlar namozga çaqirilişidan 15 daqiqa oldin oçiladi va namozdan 10 minut keyin yopiladi. Juma kunida masjidlar 20 daqiqadan oldin oçiladi va namoz tugagandan 20 daqiqadan söng yopiladi. Juma kuni vaʼz qiliş vaqti 15 daqiqadan oşmasligi kerak, deya ogohlantirmoqda rasmiylar.









