Özbekistonda 13 iyun holatiga köra «qizil», «sariq» va «yaşil» toifadagi hududlar röyxati yangilangani xabar berilgan edi. Unga köra, Buxoro viloyati Kogon tumani, Namangan viloyati Yangiqörğon tumani, Navoiy viloyati Konimex tumani, Samarqand viloyati Pastdarğom, Oqdaryo, Tayloq va Jomboy tumanlari, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani va Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani, Nurafşon şahriga «yaşil» hudud toifasi berilgan.
Özbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini taşkil etiş yuzasidan bayonotiga muvofiq, şu yil 16 iyundan boşlab, uşbu hududlarda joylaşgan masjidlar namozxonlar uçun oçildi.
Din işlari böyiça qömita matbuot xizmati xabariga köra, aksinça Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumani, Buxoro viloyati Vobkent tumani, Namangan viloyati Namangan va Çust tumanlari, Surxondaryo viloyati Boysun, Muzrobod tumanlari, Qaşqadaryo viloyati Kitob tumani, Sirdaryo viloyati Yangiyer şahri «qizil» va Navoiy viloyati Navoiy şahri, Toşkent viloyati Piskent tumani, Qaşqadaryo viloyati Muborak tumani esa «sariq» toifa berilişi sababli uşbu hududlardagi masjidlar faoliyati vaqtinça töxtatildi.
« ‘Qizil’ yoki ‘sariq’ hududlardan ‘yaşil’ hududlar qatoriga ötiş va masjidlar öz faoliyatini qayta boşlaşida – har bir insonning hissasi katta böladi, karantin mezonlariga amal qiliş ayni matlub va şariatda buyurilgan işdir», — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uçun, masjidlarda sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyiş şarti bilan), şuningdek, ijtimoiy masofa saqlagan (taşrif buyuruvçilar orasidagi masofa kamida 1,5-2 metr) holda namoz öqiş mumkin böladi.
Biroq fuqarolarning kasallikni nomaʼlum manbalardan yuqtirişi va aholi örtasida koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida hozirça ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakşanba ibodatlari va boşqalar) taşkil etiş taqiqlanadi.









